1-Sentyabr mustaqillik tadbir ssenariysi

1-Sentyabr mustaqillik tadbir ssenariysi

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 24 YILLIGIGA BAG`ISHLAB “BETAKRORIMSAN, YAGONASAN ONA VATANIM – O‘ZBEKISTONIM” SHIORI OSTIDA TAYYORLANGAN TADBIR  SENARIYSI


Maqsad:       a) O`quvchilarning erk,istiqlol,vatan tuyg`usi haqidagi

bilimlarini yanada mustahkamlash;

b) ularda tug`ilib o`sgan yurtiga,ona zaminga

sadoqat,mardlik,vatanparvarlik,insoniylik fazilatlarini

qaror toptirish, ajdodlardan faxrlanish,g`urur va iftixor tuyg`usini singdirish orqali yuksak didli,iymon-e`tiqodli,aqlan barkamol,ma`nan yetuk,komil insonlar etib tarbiyalash;

s) bolalarning dunyoqarashini,bilim va tafakkurini,mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish.

Maktab hovlisi bayramona bezatilgan. Yon atrof vatanimizni madh etuvchi  “Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!”, ”Qadr-qimmatim, tayanchim,  iftixorimsan, mustaqil Vatan!” kabi shior va plakatlar, rang-barang sharlar, anvoyi gullar, turfa xil bayroqchalar bilan bezatilgan.

          Bayram tantanasiga hokimiyat, xalq ta`limi xodimlari, ota-onalar, mahalla faollari, ”Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etiladi.

 (Sahnaga davrani boshqarib boruvchi milliy kiyimdagi suxandonlar-yigit va qiz kirib kelishadi).

1-suxandon:

Assalom,ona yurtim,go`zal diyorim,

Salom senga tuprog`i zar,buyuk Turonim!

Salom senga,jannatmakon bog`im,chamanim,

Mustaqil diyorim,O`zbekistonim!

2-suxandon:

Assalom,ulug` xalq,o`zbegim,

Dili pok,qutlug` xalq,o`zbegim!

Assalom,hur taqdir,istiqlol,

Iqbolim,sharafim,o`zligim!

Tong bilan yayraydi madhiyam,

Porlaydi yuksakda quyoshim,

Yo`l ko`rkam,el ko`rkam,dil ko`rkam,

Karvoning boshlayver,yurtboshim!

So`ngra O`zbekiston Respublikasining madhiyasi yangraydi.

1-suxandon:

Assalomu alaykum, qadrli mehmonlar!

2-suxandon:

Aziz ustozlar,hurmatli o`quvchilar! Barchalaringizni eng aziz,eng ulug` bayram –Mustaqillik kuni bilan muborakbod etamiz.


      (Sahnaga kichik yoshdagi qizaloq va yigitcha kirib keladi).


Qizaloq:Otalari chiroyli,yurtim,

Yigitcha:Onalari chiroyli,yurtim,

Qizaloq:Jannatmakon deydilar ajab,

Yigitcha:Bog`-rog`lari chiroyli,yurtim.

Qizaloq:Yigitlari chiroyli,yurtim,

Yigitcha:Gul qizlari chiroyli,yurtim,

Qizaloq:Aslo senga ko`zlar tegmasin,

Yigitcha:Bayramlari chiroyli,yurtim!

               (Qizaloq va yigitcha asta-sekin parda ortiga chekinishadi).


1-suxandon: Ha,aziz do`stlar,biz bilan siz ana shinday jannatmakon,barcha havas qilgulik,bayramlari chiroyli go`zal yurtda yashayapmiz.Bugun biz tantanalar bilan nishonlayotgan Mustaqillik kuni bayramlar ichida eng aziz,eng ulug`,eng suyukli bayramdir.

2-suxandon:Aziz yurtdoshlar! Jannatmakon O`zbekistonimiz tarixiga 1991-yil 31-avgust”Asrga tatigulik kun”sifatida zarhal harflar bilan bitildi.Ushbu kunda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida”gi bayonoti,O`zbekiston Respublikasining “Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

1-suxandon:Har yili 1- sentyabrni O`zbekiston Respublikasi  mustaqilligi bayrami sifatida tantanali tarzda nishonlaymiz. Mustaqilligimizning 24 yilligiga atab tayyorlangan, ”Qadr qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O`zbekiston!” deb nomlangan bayram tadbirimizni ochiq deb e`lon qilaman. Barchalaringizga vatan ravnaqi yo`lidagi sharafli va mashaqqatli ishlaringizda omad yor bo`lsin!

2-suxandon:        Yurtimizda bayramlar ko`p,to`ylar ko`p,

Orzu-havas, intilishlar, o`ylar ko`p.

O`zbekiston madhi yangrab taralar,

Dildan kuylab, jo`r bo`laylik, jo`ralar!

 (Ozodbek Nazarbekov ijrosidagi ,,Shunday bayram dunyoda yo`q!” ashulasi magnit lentasi orqali eshittiriladi, raqsida maktab raqs to`garagi qizlari).

Do`qqa, do`qqa, do`q,

Olamda yoq.

Shunday go`zal

Dunyoda yoq, voy doda.


Do`qqa,do`qqa,do`q

Olamda yo`q

Shunday bayram

Dunyoda yo`q,voy doda.




Navoiyning yo`llari soz,

Yo`llarida o`ynaydi g`oz,voy doda.

Sho`x qizlari, qo`qon gilos

Yigitlari ishqiboza, voy doda.

     (“Omonyor” ashulasi va raqsi ijro etiladi).

1-suxandon:

(Dastlab tadbirga taklif etilgan mehmonlarni tanishtiradi).Dastlabki tabrik so`zini maktab direktoridan eshitamiz.Marhamat.

Maktab direktori:

     Aziz mehmonlar, qadrli ustozlar, ota-onalar va hurmatli o`quvchilar!

      O`zbekiston Respublikasi 1991-yil 1-sentabrdan beri mustaqillik kunini doimo tantanali tarzda nishonlab kelmoqda.Istiqlol bayramingiz muborak bo`lsin!

      Mustaqillik –xalqimiz uchun asriy armon bo`lib kelayotgan edi. Uni qo`lga kiritish oson kechmadi.Mustaqillik uchun minglab dono va oqil kishilarimizdan judo bo`ldik.Xalqimizning ko`pgina suyukli farzandlari qatag`onlik qurbonlariga aylandi.

       O`zbekistonning mustaqillikka erishishining tarixiy ahamiyati juda katta. O`zbekiston mustaqillik tufayli qaramlikdan butunlay qutuldi.Erkin,ozod mamlakatga aylandi.O`zining yer osti va yer usti boyliklariga o`zi egalik qilish huquqini qo`lga kiritdi.

        O`zbekiston Respublikasi Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq  o`z oldiga huquqiy demokratik davlat tuzish masalasini ko`ndalang qilib qo`ydi.

        Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan “O`zbek modeli”deb nomlangan taraqqiyot modeli ishlab chiqildi.Bu taraqqiyot modelining respublika sharoitiga mos holda tuzilgani ko`pgina xorijiy davlatlar tomonidan ham e`tirof etilmoqda.

        Davlatimiz mustaqillik tufayli 24yil davomida iqtisodiy,ijtimoiy,siyosiy sohalarda katta yutuqlarga erishdi.Milliy an`analar,qadriyatlar,tarixiy yodgorliklarimiz qayta tiklandi.

         Ta`lim sohasida ham ko`p o`zgarishlar yuz berdi.

          XXI asr, albatta, o`zbeklar asri bo`ladi deb ishonaman. Barchalaringizga ishlaringizda,o`qishlaringizda muvaffaqiyat tilab qolaman.

 

1-suxandon: Rahmat,ustoz,doimo ishlaringizga omad tilaymiz.

 

2-suxandon:

Ey,go`zal yurtim,muborak shonli istiqlol senga,

Yarqirab taqdir yo`li baxsh aylagan iqbol senga.

Sho`x navo,shodlik bilan olamga ko`rsat o`zliging,

Toki yulduzli samolar boqsa boqsin lol senga.

 

 

1-suxandon:

Hayrat-u faxr ichra madhingni qilurmiz,ey Vatan,

Har nigohda mehrimiz izhor etib yaqqol senga.

Do`stlig-u tinchlik bilan olamga mashhursan o`zing,

Ey,go`zal yurtim,muborak shonli istiqlol senga!

2-suxandon:

Mustaqil O`zbekiston! Qarang,bu so`z qanday yoqimli jaranglaydi. Ko`ngillarga oroyish-tahsin bag`ishlaydi. Shu birgina so`z zamirida qanchadan-qancha ma`no mujassam. Mustaqillik bizga osmondan sovg`a sifatida tushgani yo`q. Mustaqillik, erk uchun kurashgan qo`rqmas, mard, jasur ko`plab ajdodlarimiz o`z jonlarini vatan uchun fido qildilar. Ularning orzulari armonligicha qolib ketdi.Lekin ularning ruhlari tirik. Eslaysizmi,ular kimlar edi?

(“Cho`li Iroq”kuyi chalinadi.Sahnaga birin-ketin To`maris, Shiroq, Muqanna, Najmiddin Kubro, Mirzo Ulug`bek, Alisher Navoiy, Z.M.Bobur, Cho`lpon timsolidagi  o`quvchilar kirib kelishadi).

To`maris:

Men, To`maris, olis moziydan

Keldim sizning huzuringizga.

Ajdodlarim dildan istagan

Erkin, obod diyoringizga.

Sadqa qildim yolg`iz farzandim,

Ona xalqim va yurtim uchun.

Bosh ko`tarsa,agar g`animlar,

Zarb beraman yig`ib bor kuchim.

Shiroq:

Kimki Vatanimga ko`z olaytirsa,

Yomon niyat bilan gar bossa qadam.

Ko`zlari ko`r bo`lib,shal bo`lgusidir,

Toabad badnom bo`lib,xor bo`lgusidir.

Muqanna:

Xalqqa ayting,men also o`lganim yo`q,

Yov qo`lida taslim ham bo`lganim yo`q.

Men elimning yuragida yashayman,

Erk deganning tilagida yashayman.

Najmiddin Kubro:

U dunyo-bu dunyo Vatan bizga or,

Dunyolarga sotmadik nomusimizni.

Aziz vatandoshim,ayladik yodgor,

Erksevarlik,yurtsevarlik qomusimizni.

Amir Temur:

Men yarim dunyoni darbadar kezdim,

Bitta yurak bilan,bir qilich bilan.

Dushmanni yurtimdan badarg`a etdim,

Bitta oyoq bilan,bitta o`ch bilan.

Taajjub noo`rin,gumonlar xato,

Tavallo qilurman,amr qilurman.

Ostimda bir zamin,tepamda Xudo,

Yakka-yu yagona Amir Temurman.

Jaloliddin Manguberdi:

Nomus uchun nomni emas,ruhni o`stir,

Og`ir kunda yovdan qochgan yovga do`stdir.

Yurt chorlasa,suvlarni kech,o`tlarga kir,

Fidoyi bo`l,yurting uchun fidoyi bo`l.

Mirzo Ulug`bek:

Bag`rimda bo`y yetgan bo`z bolam,

Mergan bolam,lochin ko`z bolam ,

Bo`g`zimga tig` urgan o`z bolam,

Men dardimni kimga aytaman?

Cho`lpon:

G`ururi bo`g`ilib,erki yanchilgan,

Xalqim taqdirini o`ylagan edim.

Mustabid tuzimning tig`i sanchilgan,

Ozodlik va erkni kuylagan edim.

Ozod bo`larmikan o`zbegim,armon.

Haqsizlik qurboni bo`lganman,Cho`lpon.

Abdulla Qodiriy:

Moziyga guvohdir “O`tgan kunlarim”

Oromni bilmasdan oqshom,tunlarim.

Zamondoshim edi Munavvar Qori,

Zamonni titratdi Behbudiy zori.

Davr qurbonimiz bizda yo`q gunoh,

Otildik, bizlarga bo`lmadi guvoh.

(Asta-sekin timsollar sahna ortiga chekinishadi).

1-suxandon:Ulug` vatan urushi va qatag`onlik yillarida qurbon bo`lgan qanchadan-qancha yurtdoshlarimiz ham o`z jonlarini vatan uchun fido qildilar. Ular ham yashashga haqli edilar. Biz hamisha ularni qadrlaymiz,esga olamiz. Hozir qatag`onlik yillari hayoti haqida sahna ko`rinishi namoyish etamiz. Biz hech qachon ularni unutmaymiz, chunki ular biz va bizning bugungi kundagi tinch hayotimiz uchun jonlarini fido qilishgan.

       (“So`roq”, To`lan Nizom she`ri, Cho`lpon haqida).

“Yorqinoy”ni kim yozgan?

Men yozganman.

“Qurboni jaholat”ni?

Uni ham men.

“Kecha-kunduz”senikimi?

Albatta,meniki.

“Hamlet”ning tarjimoni?

Eng avvalo,men.

Pushkin o`zbekchasini?

Men qilganman.

“Ona”ni o`zbekchaga kim o`girgan?

Men birinchi kitobin.

Hofizni o`qiysanmi?

O`qiyman.

Mashrabni ham bilasan?

Ayibdorsan,bo`yningga ol.

Mehnatim halol.

Ana aytmadimmi,sensan qasoskor,

Asarlaring g`oyasi chatoq.

Tarjimangda ko`p illat bor.

U teskari,ming yamoq.

Shular bari senikimi?

Bular bari meniki.

Bu jinoyat, vassalom.

Imzo chek, o’ nodon, bedod!

Imzo qo`yildi, hayhot.

2-suxandon: Ha, do`stlar,mustaqillik ana shunday og`ir kunlar hisobiga qo`lga kiritilgan. Biz buni unutmasligimiz lozim.

1-suxandon: Endi bayram bilan tabriklash  uchun so`z navbatini shahar xalq ta`limi vakiliga bersak. Marhamat.

Xalq ta`limi vakili:

     O`zbekiston o`z mustaqil taraqqiyotining ilk kunidan boshlab inson, uning huquq va manfaatlarini oily qadriyat sifatida ulug`lab kelmoqda.Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan inson manfaatlarini ta`minlash barcha o`zgarish va islohotlarimizning bosh maqsadiga aylandi.Buni birgina ta`lim sohasidagi o`zgarishlar misolida ham yaqqol ko`rish mumkin.

Mamlakatimizning bu borada erishayotgan natijalari xalqaro hamjamiyatlar tomonidan ham yuksak e`tirof etilmoqda.Bu aniq ilmiy-amaliy tadqiqotlar, xalqaro tahliliy hujjatlarda ham o`z aksini topmoqda.

      Biz uchun g`oyat quvonarli narsa shuki,ta`lim sohasidagi innovatsiyalar ko`rsatgichi bo`yicha O`zbekiston reytinglar ro`yxatida 75.38 ball bilan dunyoda ikkinchi o`rinni egallagan. Birinchi o`rinni esa Irlandiya band etgan. Daniya, Yangi Zelandiya, Islandiya, Belgiya singari bir guruh rivojlangan Evropa va boshqa qit`a mamlakatlari ushbu ro`yxatning keyingi o`rinlaridan joy olgan.

      Ko`rdingizmi,O`zbekistonni ta`lim sohasida jahon tan olmoqda.Kelajak avlodlarimiz bizdan-da kuchli,bizdan-da qudratli bo`lishini chin dildan istab qolaman.

2-suxandon: Hozir sizlarning e`tiborlaringizga havola etilayotgan Dilshod Rajab so`zi bilan “Bulbulcha” dastasi ijrosida aytiladigan “Istiqlol bolalari”ashulasini bayram tuhfasi sifatida qabul qilingizlar.

Istiqloldan bahra olgan,

Yurt mehrini dilga solgan,

 Shodlik kuyin baland chalgan,

Biz bolalar,biz bolalar-

Quvnoq o`g`il-qiz bolalar.


Chaqin chaqar ko`zimizda,

Olov bor-da ko`ksimizda,

Yolg`on yo`qdir so`zimizda,

Biz bolalar,biz bolalar-

Quvnoq o`g`il-qiz bolalar.

Vatan ozod — Vatan obod,

Kelajakka boramiz shod,

Shodon avlod-sog`lom avlod,

Biz bolalar,biz bolalar-

Quvnoq o`g`il-qiz bolalar.


A`lo o`qish — chin ontimiz,

O`zbek elin quvonchimiz,

Ulug` Vatan ishonchimiz,

Biz bolalar,biz bolalar-

Quvnoq o`g`il-qiz bolalar!


1-suxandon:Endigi tabrik so`zini mahalla oqsoqolidan eshitsak. (U kishi maktab, mahalla, jamoatchilik hamkorligini rivojlantirish haqida gapirib o`tadi).

2-suxandon:

Yangi davr keldi,o`zgardi zamon.

Zamon zayli bilan o`zgardi inson.

O`zgardi jamiyat,o`zgardi hayot,

O`zgardi qo`shig`-u o`zgardi bayot.

(Ekranda mustaqillik tufayli O`zbekistonda yuz berayotgan hayot lavhalari namoyish etiladi).

1-suxandon: Mustaqil O`zbekistonning kelajagi buyukdir. Mustaqillikni mustahkamlash biz, yoshlarning zimmamizdadir.Biz ona yurtimizni, xalqimizni, madaniy merosimizni avaylab-asrashga har birimiz burchlimiz. Yurtboshimiz aytganlariday:  “Biz hech kimdan kam emasmiz va hech kimdan kam bo`lmaymiz”.

2-suxandon:Jannatmakon O`zbekistonimiz mustaqillik yillarida tanib bo`lmas darajada o`zgarib ketdi.Ko`hna va hamisha navqiron Samarqandning 2750.Namanganning 2000 yilligi va Toshkentning 2200 yillik to`ylari nishonlandi.Toshkent shahri Islom madaniyatining  poytaxti deb e`lon qilindi.O`zbekiston 1992-yil   2-martda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a`zo bo`ldi.Hozirgi kunda  yurtimizda xorijiy davlatlar bilan birgalikda ko`plab qo`shma korxonalar ishga tushdi.

1-suxandon:Bugungi kunda 130dan ortiq millat vakillari Vatanimizda tinch-totuv,ahil yashab kelmoqda.Yurtimiz tinchligi  ham Prezidentimiz I.A.Karimovning dono rahbarligi tufaylidir.

         (“Do`stlik” raqsi ijro etiladi).

    Maydon uzra davra qurar o`zbek kurashda,

To`nlarni yelka-la surar o`zbek kurashda.

    O`zbekning kurashi o`zidek halol

    Dast ko`tarib yerga urar o`zbek kurashsa!

    Polvonlar yurt maydonida qo`llasin sizni,

    Alpomishlar ruhi doim qo`llasin sizni!

1-suxandon: Hademay mustaqil O`zbekistonimiz dunyodagi rivojlangan davlatlardan biriga aylanadi.

2-suxandon: Nasib etsa, barchamiz buning guvohi bo`lamiz, albatta. Biz mustaqil ozod va obod yurtimiz bilan hamisha faxrlanamiz. O`zbekiston bizning qadr-qimmatimiz, tayanchimiz va iftixorimizdir.

1-suxandon:

     Onam-O`zbekiston,nurlar yurtisan,

      Bepayon xazinam,durlar yurtisan,

      Donishmandlar yurti,hurlar yurtisan,

      Olloh nazar slogan yurtlar yurtisan,

      Seni jon ichida asrash ahdimiz,

      O`zingsan muqaddas,oily faxrimiz!

2-suxandon:

      To jahon boricha baxting bor bo`lgay,

       Osmoning hamisha beg`ubor bo`lgay,

       Istiqloling mangu,barqaror bo`lgay,

       Yurtboshimiz mehri doim yor bo`lgay.

       O`zingsan borligim,jon-tanim o`zing,

       Jonlar fido senga,Vatanim mening!

1-suxandon: Hammalaringizni yana bir bor yurtimizning 24 yillik mustaqillik to`yi bilan qutlaymiz.Osmonimiz hamisha tinch,musaffo,xalqimiz sog`-salomat bo`lishsin!

(Tadbir “To`ying muborak!”ashulasi bilan yakunlanadi).