Android’da o’rnatmasdan ilovalarni ochishni o’rganamiz

Android’da o’rnatmasdan ilovalarni ochishni o’rganamiz


PlayMarket’dan ilovalarni qurilmaga o’rnatmasdan ishga tushirib, sinab ko’radigan texnologiya mavjud.


Undan foydalanish uchun:


1️⃣ Sozlamalar (Настройки) ga va Google’ga o’ting, keyin «Google ilovalari va tezkor ishga tushirish sozlamalari» (Настройки для приложений Google и С мгновенным запуском) ni tanlang.


2️⃣ «Veb havolalarni yangilash» (Обновить веб-ссылки) tugmasini bosing.


3️⃣ PlayMarket’ni oching va tez ishga tushirishni qo’llab-quvvatlanadigan dasturni toping, masalan Vimeo (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.vimeo.android.videoapp).


4️⃣ «Sinash» (Попробовать) tugmasini bosing.


Eslatma: Hamma ilovalar ham «Tez ishga tushirish» texnologiyasini qo’llab-quvvatlamaydi. Bu dasturning sozlamasiga bog’liq.