?Revmart tabletkasi — nosteroid yallig’lanishga qarshi vosita.
?Chiqarilish dozasi — 7, 5 mg va 15 mg dozalarda chiqadi.
15 mg doza ☝️
?Revmat tabletka — 7,5 mg dozada ☝️
#Revmart tabletka
# Ревмарт таблетка
?Dori shakli : tabletka
?Tarkibi :
Meloksikam moddasi
?Ta’sir qilishiga ko’ra :
Nosteroid yallig’lanishga qarshi, og’riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi vosita hisoblanadi.
?Qo’llanilishi
— Osteoartroz da
— Revmatoid artritda
— Bextereva kasalligida
— Bo’g’imlar yallig’lanishida va bo’g’imlar og’rig’i sindromida.
—Bo»g»imlarda muammo bo’lganda qabul qilinadi.
?Qabul qilish usuli va dozasi
Preparat ovqatlanish vaqtida sutkasiga 1 ta tabletka qabul qilinadi.
?Nojo»ya ta’siri
— Ko»ngil aynish , qusish
— Diareya , qorinda og’riq
— Meteorizm ( qorin dam bo’lishi)
— Stomatit
— Me’da ichak sistemasidan qon ketish
— Gastrit
— Terida toshma lar bo’lishi
— Teri qichishi
— Bosh og’rigi , bosh aylanishi
— Xolsizlik
— Qon bosimi oshishi.
?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar :
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Aorta koronar shunt amaliyotidan keyingi davrda
— Yurak yetishmovchiligida
— Rinit, bronxial astmada
— Me’da ichak yara kasalligida va me’da ichakdan qon ketganda
— Kron kasalligida
— Yo’g’on ichak yallig’lanishida
— Jigar yetishmovchiligida va jigar kasalliklarida
— Buyrak yetishmovchiligida
— Homiladorlik va emizish davrida
— 15 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas.
— Qon bosimi baland yuradigan bemorlarda mumkin emas.