– Savolim erta boʻshanish haqida. Tez boʻshalishni hech qanday vahimali joyi yoʻqmi?
Hech qanday xavotirga oʻrin yoʻqmi? Siz mutaxassis sizni hamma yaxshi biladi. Erta boʻshalishni biron bir ukol-dori, tabletkalar orqali davolashni iloji bordir, siz qaysi dorilarni tavsiya etgan boʻlardingiz.
Men uylanib ajrashganman, bor yoʻgʻi 20 kun yashaganman, shu tez boʻshanishim sababli xotinim ketib qolgan, iltimos doktor menga yordam bering, men boshqa doktorlarga koʻrinishimga sharoitim yoʻq sharoit yoʻqligidan uylana olmiy yuribman, menga davolovchi dorilar roʻyxatini bering iltimos.
Siz erkak doktorisiz dardimni sizdan boshqa hech kimga aytmaganman menga yordam qiling iltimos, menga iloji boricha oddiy qilib tushuntiring.
Xotinim aytganki, sizni hech qaysi erkaklar doktori tuzata olmaydi, degan. Siz meni shunday davolangki ikkinchi marta uylanganimda xotinim shu sababdan hech qanday sabab topolmasin. Hech boʻlmasa, ikkinchi xotinim bilan baxtli yashay.
Bir kechada birinchi marta ayol qiniga kirgan zaxotiyoq, boʻshanib qolyabman, keyin yana ikkinchi marta turganda yana shu holat, uchinchi- toʻrtinchi martaga ham yana shu ahvol. Umuman hattoki, 10-15 sekundga ham choʻzilmaydi, doktor yordam bering iltimos.
Javob: – Sizda qovushish vaqti qisqa va urugʻ otilishi erta, yaʼni barvaqt eyakulyatsiya ham bor ekan.
Odatda biz faqat tibbiy nuqtayi nazardangina javob berardik. Oilaviy holatlarga izoh bermasdik. Lekin ayolingiz oʻta qisqa vaqt ichida ajrashib ketib, katta xato qilibdi. Hayron boʻlganim ayolingizni atrofida katta, hayot tajribasiga ega insonlar yoʻqmidi!? Balki sanoqda boʻlishgandir, lekin oʻylashimcha yoʻqliklari yaxshiroqdek boʻlishgan.
Aytmoqchi boʻlganimiz, nikoh toʻshagida er-xotin shahvoniy garmoniyaga yetishishi uchun kamida 10 yil ketadi. Baʼzi ayollar umri davomida umuman orgazm his qilmaydilar. Baʼzi ayollar orgazm his qilishni boshlashi uchun uzoq yillar oilaviy hayot talab etiladi. Chunki, ayollarga shuncha vaqt ruhiy noqulaylik, oriyat, hayo, ortiqcha ibo va uyat, hayajonni yigʻishtirib, va nihoyat eri bilan toʻshakda oʻzligini “ochib bera olishi” uchun ana shunda talab va vaqt darkor.
ЎҚИНГ: Erkaklar gapirishni istamaydigan, ammo indamay aziyat chekadigan muammo
Barvaqt eyakulyatsiya, yaʼni urugʻ erta toʻkilishi va qovushish vaqtini erta yakunlanishini sabablari koʻp. Ulardan biri olat boshchasi sezuvchanligi yuqori boʻlishi. Natijada ular tegishli markazlarni ortiqcha taʼsirlantiradi. Qaysiki oʻz oʻrnida ularni ortiqcha reaksiyasi va barvaqt eyakulyatsiyaga sabab boʻladi.
Sizda olat boshchasi sezuvchanligi yuqoriga oʻxshamoqda.
Olat boshchasi sezuvchanligi yuqorimi, yoʻqmi bilib olish oson. Buning uchun qovushishdan 15-30 minut avval olat boshchasiga lidokain sprey yoki EMLA anestetik kremi suriladi. Qovushishdan avval kremni chayib yuboriladi. Agar qovushish vaqti uzaysa, olat boshchasi sezuvchanligi ortgan boʻlishi katta ehtimol.
Albatta doktor koʻrigisiz sizda barvaqt eyakulyatsiyaning qanday shakli bor, olat boshchasida sezuvchanlik ortiqchami yoki yoʻqligi haqida aniq xulosa qilish imkonsiz.
Har qanday tavsiya avvalambor aniq diagnoz va barvaqt eyakulyatsiya shakliga bogʻliq boʻladi. Aks holda xar qanday tavsiya besamar.
Albatta barvaqt eyakulyatsiyani davolash mumkin. Asosan oddiy davolash usuli bilan. Baʼzi holatlardagina operatsiya lozim boʻlishi mumkin.
Tavsiyamiz, avvalo Androlog koʻrigiga borish kerak boʻladi. Baʼzi holatlarda barvaqt eyakulyatsiya yoʻqotish uchun operatsiya kerak boʻladi.
Zakar – olat boshchasi sezuvchanligi
Er-xotin oʻzaro munosabatlari iliq va mustahkam boʻlishi, oilaviy hayot shirin va totuv oʻtishi, er-xotin orasidagi mehr oqibat kuchli boʻlishi nikoh toʻshagida er xotin qay darajada sifatli qovusha olishlariga kuchli darajada bogʻliq.
Albatta qovushish vaqti qisqa boʻlsa va urugʻ erkak nazoratidan tashqari holda erta toʻkilib ketsa, er-xotin oʻzaro baxtli boʻla olmaydi. Bu holat er-xotin oilaviy hayotida katta kemtiklik paydo qiladi.
Barvaqt eyakulyatsiya, yaʼni urugʻ erta toʻkilishi va qovushish vaqtini erta yakunlanishini sabablari koʻp. Ulardan biri olat boshchasi sezuvchanligi yuqori boʻlishi. Natijada ular tegishli markazlarni ortiqcha taʼsirlantiradi. Qaysiki, oʻz oʻrnida ularni ortiqcha reaksiyasi va barvaqt eyakulyatsiyaga sabab boʻladi.
Shu sababli olat boshchasi nervi mikroxirurgik denervatsiyasi operatsiyasi amalga oshiriladi. Olat boshchasini sezuvchanlik bilan taʼminlaydigan nerv tutami kesib tashlanadi. Operatsiyadan keyin nerv tolalari vaqt oʻtgani sari tiklanib boradi. Eyakulyatsiyaning yaxshilangan refleksi “nastroykasi” saqlanib qoladi.
ЎҚИНГ: Jinsiy olat (penis)ni kattalashtirish
Odatda bemor shifoxonada 1 yo bir necha kungina boʻladi. Choklar 7-10 kunda olish mumkin. Oilaviy hayot operatsiyadan 1 oy oʻtib davom ettirilishi mumkin.
Ekspert: Fayzullo Tursunovich, urolog-androlog.