Ikki yoshga to‘lmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan ota-onadan birini (vasiyni) boshqa ishga o‘tkazish





2 yoshga to‘lmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan ota-onadan biri (vasiy) avvalgi ishini bajarishi mumkin bo‘lmagan taqdirda, o‘z arizasiga ko‘ra bajariladigan ishi uchun haq to‘lanadigan, biroq avvalgi ishi bo‘yicha o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda bola 2 yoshga to‘lguniga qadar ish haqi to‘lanadigan boshqa ishga o‘tkaziladi.




Ish beruvchida boshqa ish mavjud bo‘lmagan taqdirda, 2 yoshga to‘lmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan xodimga qonunchilikda belgilangan tartibda bola parvarishi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi.




Yakka tartibdagi mehnatga doir nizo yuzaga kelgan taqdirda, ikki yoshga to‘lmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan xodimni boshqa ishga o‘tkazish mumkin emasligini isbotlash vazifasi ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi.




3 yoshga to‘lmagan bolaning byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda ishlaydigan ota-onasidan biriga (vasiysiga) haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish vaqti davomiyligi belgilanadi.