Uch yoshgacha bo‘lgan bolasi bor xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishdagi kafolatlar





3 yoshgacha bolasi bor ayol yoxud 3 yoshgacha bo‘lgan bolani yolg‘iz tarbiyalayotgan ota (vasiy) bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga faqat Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismining 1, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi.




Xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ularning bola parvarishlash nafaqasini olish huquqi saqlanib qoladi.




Bolasi 3 yoshga to‘lguniga qadar bola parvarishlash ta’tilida bo‘lgan xodim bilan mehnat shartnomasini xodimning malakasi etarli emasligi oqibatida egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga loyiq emasligi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismining 3-bandiga muvofiq bekor qilishga xodim ta’tildan chiqqan kundan e’tiboran 1 yil ichida yo‘l qo‘yilmaydi.