Mavsumiy xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish





Mavsumiy xodim ish beruvchini 3 kalendarь kun oldin yozma shaklda ogohlantirib, mehnat shartnomasini o‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga haqli.




Ish beruvchi mehnat shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish xususidagi o‘z niyati to‘g‘risida mavsumiy xodimni:


tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) tugatilishi munosabati bilan, shuningdek xodimlarning soni yoki shtati o‘zgarishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda kamida 7 kalendarь kun oldin;
mavsumiy xodim malakasi etarli bo‘lmaganligi sababli bajarayotgan ishiga nomuvofiqligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda kamida 3 kalendarь kun oldin yozma shaklda, imzo qo‘ydirib ogohlantirishi shart.

Mavsumiy xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bog‘liq asoslarga ko‘ra bekor qilingan taqdirda, mavsumiy xodim o‘zi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishidan kamida 1 kun oldin yozma shaklda ogohlantiriladi.




Mavsumiy xodimni ogohlantirish o‘rniga ish beruvchi unga mutanosib pulli kompensatsiya to‘lashga haqli.



Mavsumiy xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, unga o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizi miqdorida ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi.