Sovuq suvni hisobga olish uskunasini (hisoblagichini) echish va o‘rnatishga ariza yuborish





Sovuq suvni hisobga olish uskunasini (hisoblagichini) echish va o‘rnatishga ariza yuborish



Bu qanday ishlaydi?
Talabgor YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tgan holda, arizani to‘ldirib vakolatli organga yuboradi.
Suv ta’minoti korxonasi 5 ish kun mobaynida talabgor bilan kelishilgan vaqtda, uning ishtirokida tegishli dalolatnoma tuzgan holda hisobga olish uskunasini echib olishi va/yoki o‘rnatib berishi va tamg‘alashi kerak. Hamda dalolatnomaning bir nusxasini talabgorda qoldirishi kerak.
Tashkilot
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
Toshkent shahar “Suvsoz” davlat unitar korxonasi
Bog‘lanish: Call-markaz - 1255
Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik va jismoniy shaxslar
Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Talab etilmaydi
Xizmatni ko‘rsatish muddati: 5 ish kuni mobaynida
Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi "Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) echish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 698-son qarori
Xizmat narxi: Bepul.