Bank yacheykasi (depozitar yacheyka, individual bank seyfi) – mijozlarga buyumlarnisaqlash uchun ijaraga beriladigan bankdagi raqamlangan seyf.
Bu xizmatdan foydalanish uchun bank yacheykasi ijarasi to‘g‘risida shartnoma tuziladi. Buning uchun shunday xizmatlarni ko‘rsatuvchi bankka pasport (ID karta) taqdim etish kifoya.
Shartnomada yacheyka hajmi va ijara muddati ko‘rsatiladi. Bank yacheykalari ijarasi tariflari bank tomonidan yacheykaning hajmi va saqlash muddatidan kelib chiqib o‘rnatiladi.
Shartnoma rasmiylashtirilgach, mijozga yacheyka kaliti beriladi, u mijozda saqlash muddati davomida qoladi.
Yacheykada qurol-yaroq, narkotik, portlovchi, zaharli yoki radioaktiv moddalar, iste’mol mahsulotlari yoxud boshqa tez buziladigan buyumlar saqlanishi taqiqlanadi.
Yacheykani ochish uchun mijoz pasport (ID karta) taqdim etishi lozim.