18-iyul — Xalqaro Nelson Mandela kuni

Bugun 18-iyul — Xalqaro Nelson Mandela kuni


U har yili Janubiy Afrikadagi aparteid rejimiga qarshi eng taniqli kurashchilardan biri, Janubiy Afrikaning sobiq prezidenti Nelson Mandela (1918-2013) tug’ilgan kunida — 18-iyulda nishonlanadi.


Ushbu kun Janubiy Afrika rahbarining tinchlik va ozodlik uchun kurashga qo’shgan hissasini e’tirof etish uchun 2009-yil noyabr oyida BMT Bosh assambleyasi tomonidan tashkil etilgan.


BMT da birinchi Xalqaro Nelson Mandela kuni 2010-yilda o‘tkazilgan.