14-iyul BAYRAMLAR: VOQEALAR: TAVALLUDLAR:

Bugun 14-iyul 2023-yil, juma.

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Qorag’at (smorodina) kuni.

🌏 Akulalar haqida xabardorlik kuni.


🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇮🇩 Indoneziya ‐ Milliy soliq kuni.

🇫🇷 Fransiya — Bastiliya kuni.

🇮🇶 Iroq — Respublika kuni.

🇸🇪 Shvetsiya — Valiahd malika Viktoriyaning tug’ilgan kuni.

🇬🇧 Buyuk Britaniya — «Qora mamlakat» kuni.

🇳🇿 Yangi Zelandiya ‐ Matariki (Maori Yangi yili).


👉 VOQEALAR:

— 1099 — Salib yurishlari:  Quddus qamali boshlandi.

— 1410 — Shohrux Mirzo Movarounnahrda tinchlik o‘rnatgach, Samarqandga kirib keldi.

— 1789 — Bastiliya qal’asi Parij isyonchilari tomonidan egallab olindi. Bu Buyuk Fransiya inqilobining boshlanishi edi.

— 1860 — Rossiya Davlat banki tashkil etildi.

— 1867 — Alfred Nobel  dinamitni  namoyish qildi.

— 1896 — Birinchi rus avtomobili chiqdi.

— 1902 — Venetsiyada Mark cherkovi qulab tushdi.

— 1905 — Oklahoma hindulari Sekvoya hindular shtati tuzilganini e’lon qilishdi (AQSh Kongressi uni tan olishni rad etdi).

— 1912 — Buxoroda o‘zbek tilida «Turon» gazetasi chop etila boshlandi.

— 1941 — Katyusha qurilmasining birinchi qo’llanishi.

— 1952 — Amerikaning General Motors kompaniyasi dunyodagi birinchi bo‘lib avtomobillarga konditsionerlarni o’rnatishni boshlaganligini e’lon qildi.

— 1958 — Iroqda inqilob (14-iyul inqilobi). Monarxiyaning ag’darilishi va Qosimning hokimiyat tepasiga ko’tarilishi.

— 1967 — Butunjahon intellektual mulk tashkilotini tuzish to’g’risidagi konvensiya imzolandi.

-1969 — Salvador va Gonduras  oʻrtasida futbol urushi.

— 1976 — Kanadada o’lim jazosi bekor qilindi.

— 1990 — Gorbachyov va Ivashkodan tashqari, KPSS Markaziy Qo’mitasining Siyosiy byurosi tarkibi to‘liq o’zgartirildi.

— 1993 — Tatariston Respublikasining madhiyasi tasdiqlandi.

— 1997 — Qashqadaryo viloyatida Ko’‘kdumaloq kompressor stansiyasi ishga tushirildi.

— 2015 — «Yangi ufqlar» XAS Pluton yaqinida uchib o‘td, minimal masofa uning markazidan 13691 km uzoqlikda edi.

— 2016 — IShID terrorchisi boshqargan yuk mashinasi Nitsa shahrida olomonni bosib o‘tdi.

— 2017 — O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mehnat Faxriysi» ko’krak nishonini ta‘sis etish to‘g‘risida», «Ezgu maqsad» xalqaro xayriya jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risida» gi qarorlari qabul qilindi.


👉 TAVALLUDLAR:

— 1454 — Anjelo Poliziano (1494) — italiyalik shoir va dramaturg, gumanist.

— 1602 — Julio Mazarini (1661) — cherkov va siyosat arbobi, Fransiyaning birinchi ministri (1643-1651 va 1653-1661).

— 1743 — Gabriel Derjavin (1816) — rus davlat arbobi va shoiri, klassika namoyandasi.

— 1800 — Jan Dyuma (1884) — fransuz kimyogari, organik kimyoning asoschisi.

— 1816 — Jozef de Gobino (1882) — fransuz yozuvchisi, sotsiolog, irqchilik nazariyasining asoschisi.

— 1913 — Jerald Ford (2006) — AQShning 38-prezidenti (1974-77).

— 1918 — Jey Forrester (2016) — amerikalik muhandis, birinchi kompyuterlarning yaratuvchisi.

— 1921 — Jefri Uilkinson (1996) — ingliz kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1973).

— 1928 — Saʼdulla Karomatov (1987) — jurnalist, yozuvchi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1978).

1928 — Nodar Dumbadze (1984) — gruzin sovet yozuvchisi.

— 1933 — Nusrat Abdullayev — patofiziolog, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1989).

— 1939 — Oʻtkir Sultonov (2015) — Oʻzbekiston Respublikasi davlat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri (1995-2003).

— 1942 — Xaver Solana — ispaniyalik fizik va siyosatchi, 1995-1999-yillarda NATO Bosh kotibi.

— 1945 — Shiv Nadar — hindistonlik yirik sanoatchi va xayriyachi

— 1952 — Muhammadali Abduqunduzov — aktyor, O‘zbekiston (1997) va Qoraqalpog‘iston (2000) Respublikalari xalq artisti.

— 1960 — Polina Dashkova (Tatyana Polyachenko) — rus yozuvchisi.

— 1987 — Sara Kanning — kanadalik kino aktrisasi.

— 1988 — Konor MakGregor — irlandiyalik aralash yakkakurashchi, sobiq UFC chempioni.

— 1990 — Yan Nepomnyashiy — rossiyalik shaxmatchi, grossmeyster (2007).