Mercedes-Benz S-Class sedanining zirhlangan versiyasining narxi qancha?

Mercedes-Benz S-Class sedanining zirhlangan versiyasining narxi qancha?


Mercedes-Benz kompaniyasi yangi avloddagi S-Class sedanining zirhlangan versiyasini ishlab chiqdi.


Zirhlangan sedan 10 sm qalinlikdagi oynalar va yorilgandan keyin yana 30 kmgacha yo‘l bosib o‘ta oladigan run-flat texnologiyasiga ega Michelin PAX shinalari bilan jihozlangan. Mashina, shuningdek, favqulodda vaziyatda salonga kislorod berib turuvchi kislorod baki bilan ta’minlangan.


Avtomobil 6 litrli 612 ot kuchiga ega dvigatelda harakatlanadi. Uning maksimal tezligi 190 km/soat bilan cheklangan.


Mashina Yevropa bozorida 547,4 ming yevrodan taklif etilmoqda.


@NarxiQancha | Manba (https://kun.uz/uz/news/2021/07/30/mercedes-benz-kompaniyasi-s-class-sedanining-zirhlangan-versiyasini-ishlab-chiqdi)