Sport salomatlik garovi.
Bizlar dono bolalarmiz,
Bizlar zukko bolalarmiz.
Bizlar sog’lom bolalarmiz,
Badan tarbiya qilamiz.
Qator bo’lib turamiz,
Oldin asta yuramiz,
Sekingina chopamiz,
Badan tarbiya qilamiz
Oyog’miz birlashtirib,
Ikki oyoqda sakraymiz,
Qo’llarimiz aylantirib,
Nafasimiz rostlaymiz.
Qo’llarimiz ko’tardek,
Sekingina tushirdek,
Bir,ikki,uch,to’rtni aytib,
Mashqlarni bajardek.
Badan tarbiya qilsangiz,
Sog’lom bo’lasiz bilsangiz,
Sog’ tanda sog’lom aql,
Bo’lasiz dono oqil.
✍️: Islomova Mukambar