Xotira kuniga sherlar

Xotira kuniga sherlar


Xotira kuni.

Bugun xotira kuni

Unutmaymiz biz uni

Bobomlar jang qilganlar

Unda g’olib kelganlar.

Dunyo yuzi tinchlikni

Sababchisidir ular.

Bolalarni kulgusini

Quvonchisi ham ular.

Ular bo’lgan mard jasur

Dushmanga bo’lgan asir.

O’z yurtiini sotmagan

O’limdan ham qo’rqmagan.

Bobolarim ro’xini

Xotirlaymiz biz bugun.

Bizga qilgan mehnatini

Qadrlaymiz biz bugun.

Aslo urush bo’lmasin

Onalar g’am ko’rmasin.

Dunyoda tinchlik bo’lsin

Bolalar o’ynab kulsin.

✍️: Islomova Mukambar


Bobom urushdan qaytmagan.

Momom aytgandi suylab,

So’zlaganda mayus yig’lab.

Bizlar urushni ko’rgan,

Urushdan bobong qaytmagan.

Bobom ekan o’ttiz yoshda,

Qatnashgan qonli urushda.

Asrayman deb Vatanin,

Bergan dushmanga jonin.

Hammayoqda edi qaxat

Kelgandi ushanda qoraxat.

Bobongdan yuq edi darak,

Demak bo’lgandi xalok.

Yetgin tinchlik qadriga,

Shukur qil otang boriga.

Yeyar bo’lsang noning bor,

Bilim olar maskaning bor

Yashayapsan xur baxtiyor,

Xohlaganing bor bisyor.

Sevgin ona yurtingni,

Kerak bo’lsa ber joningni.

Bugun sizni xotirlab,

She’r aytamiz bobojon.

Xalqim sizni qadrlab,

Unutmaydi xech qachon.

✍️: Islomova Mukambar