25 may so‘ngi qo‘ng‘iroq kuniga sara sherlar to‘plami

25-may barcha umumta’lim muassasalarida so‘nggi qo‘ng‘iroq chalinadigan, bitiruvchilar qadrdon maktablari, sinfdoshlari bilan xayrlashadigan kun. Ushbu bitiruv kuni munosabati bilan, katta hayot ostonasida turgan yigit-qizlar uchun eng sara sherlar to’plamini taqdim etmoqdamiz.

So’nggi qo’ng’iroq jaranggi

Bilmam, balki joningizga tekkan bu jarang,
Balki bezor bo‘lgandirsiz darslardan xatto.
Balki ustoz asabingiz qilgandir tarang,
Lekin o‘tgan maktab davrin unutmang aslo!

Axir oson bo‘lmagandir 11 yil kutmoq,
Bekor sarf bo‘lmagandir 11 yil umr.
Oson bo‘lmas ustozlarning etagin tutmoq,
Barchasining o‘z gashti bor, qilingiz sabr.

Balki sizga unut bo‘lgan, eslarsiz balki,
Shu dargoxga qadam qo‘ygan jajji qizaloq,
Yo bolakay edingizlar, quvonchga to‘lib,
Kutgandinglar chalinishin ilk qo‘ng‘iroq.


Alifboni tanimagan sofdil qizaloq,
Katta bo‘lib onasiga berar maslaxat.
Darsdan qochib bezor qilgan bir shalpangquloq,
Bugun endi o‘zimizga qilar nasixat.

11 yilda 11 mingta quvonchu-tashvish,
Sarguzashtlar xotiradan ketmaydi albat.
Sinfdoshlik bog‘i ichra ochildi do‘stlik,
Kimlargadir nasib bo‘ldi sof bir muxabbat.

Endi ustoz tekshirmaydi xayot darsini,
Vazifani ko‘chirmoqqa bo‘lmaydi imkon.
Kundalikka qo‘yilmaydi «2» baxolar,
Biling endi, xatolarni kechirmas zamon.


Sinfdoshlar, bo‘lolmaysiz endi partadosh,
Endi sirdosh bo‘lolmassiz, unutmang biroq,
Do‘stlaringiz bir umrga bo‘lar yelkadosh,
Do‘stlik uchun chalinmaydi so‘nggi qung‘iroq.

Chalinmoqda so‘ngi qo‘ng‘iroq


Maktab yillarimiz o‘tdi birma-bir,
O‘tdi kun fasllar, o‘tdi kun-oylar,
Bugun sog‘inchdan otadi tonglar,
Tongdan sog‘inaman seni sinfdosh.

Sinfdosh do‘stlarim


Chalinmay qo’yaqol so’nggi qo’ng’iroq

Seni sog’inaman sinfdosh

Yillar o’tib ko’rib oqar ko’z yoshlar,
Endi ayro bo’ldi o’shal dildoshlar,
Nahot endi begonadir o’sha sirdoshlar,
Harvaqt sog’inaman seni sinfdosh.

Qara, oxirgi bor darsda birgamiz,
Oxirgi bor birga tanaffus kutib,
O’tiribmiz jimgina dardlarni yutib,
Dardli sog’inaman seni sinfdosh.

So’nggi qo’ng’iroq ham chalinar asta,
Ko’zda mayusligu, qo’lda guldasta,
Maktab yillarimiz o’tdi bir pasta,
Har vaqt sog’inaman Seni Sinifdosh!


Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq


Sog‘indim sinifdosh sirdoshlarimni,
Ko‘zlari chaqnagan dildoshlarimni.
Jim turib eslayman xotiralarni,
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.

Yangi hayot yangi yo‘llarga,
Qadam qo‘ydik boshqa yo‘llarga.
Yoshlik xotirasi Shamshod Safarga!
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.

Sinfdosh unutma do‘stlaringni


Maktab yillarri o‘tti birin ketin,
Kimdir yoriga isxor qildi sevgisin.

Mayli ularga Xudoyim bersin baxtin,
Ular doimo birga bo‘lishsin.

Ey sinfdosh unutma do‘stlaringni,
Eslab yuraylik maktab chog‘larni.

Baxtli bo’l sinfdosh


Umid deb atalmish guling so’nmasin,
Yurakda orzuying, bevaqt o’lmasin.
Shu qaro ko’zlaring, xech nam bo’lmasin,
Omon bo’l bir umr aziz sinifdosh.

Chalinadi songi qo‘ng‘iroq


Shu chog‘ hayolimni buzib,
Sinfdoshlarni bir biridan ayirib,
Maktab hovlisidan uchirib quvib,
Jaranglab chalinadi songi qo‘ng‘iroq.

Qo‘ng‘iroq jarangi, xayr demoqda


Qo‘ng‘iroq jarangi, xayr demoqda,
Do‘stlar ham oxista, qo‘l silkishmoqda.
She‘rim davom etmoqqa, qolmadi kuchim,
Omad va baxt tilayman o‘quvchilarga.
Maktabning bag‘ridan uchgan qushlarga!

Xayr maktab, xayr sinfdoshlarim


Sinfdoshlar bilan zora ahil bo’lib,
So’ngi yilni urush janjalsiz o’tkazsak,
Ahir bir birimizga g’animat bo’lsak,
Endi bir birimizni birdek ko’raylik,
Maktabni bitirsak ham bir birimizdan habar olaylik!

So‘ngi qo‘ng‘iroq uchun qisqa sherlar