Yomg‘ir haqida sher eng sara sherlar to‘plami

Yomg‘ir haqida eng sara sherlar to‘plami kattalar va bolalar uchun. Barcha sherlar bilan birin-ketin tanishib chiqishingiz mumkin.

Yomgʻir seni kutgandim

Soyabonsiz kezaman… tunni,
Bezagandir tomchilar raqsi.
Shunday lahza bir tomchi yomgʻir,
Boʻlib qolsang qanchalar yaxshi.

Qancha dardga qalqon er koʻksim,
Nega buncha ojiz qoldi, ayt?
Yuvgin manim alamlarimni,
Bu gʻamlarni ozgina kamayt.

Bu yomgʻirda hech kim koʻrmaydi,
Yuragimga bir quloq solay.
Yigʻlash mumkin koʻkka qoʻshilib
Koʻzlarimni yigʻlatib olay.


Er kishiga uyat… yigʻini,
Ozod qilsa qaroqlaridan.
Tomchi boʻlib tushsa ne chora,
Ezilgan dil varoqlaridan.

Qaqrab qolgan koʻz yoshlarini,
Bir qiz uchun oqizgan tentak.
Ketmaguncha yurak yuvilib,
Hali qancha yomgʻirlar kerak.

Sen ham yigʻi boʻlsang, ay yomgʻir,
Ogʻushingda erib ketsin dard.
Bir tomchi yosh endi uyatmas,
Yigʻab tursa osmonday joʻmard.


Bu ashklarning mamlakatida,
Soyabonsiz yashamoq ogʻir.
Silab oʻtar boshim ohista,
Toza yomgʻir, bokira yomgʻir.

Yomg’ir yog’ar takror


Hayot jumboqlarin yecha olmay xun,
Kimnidir ayibdor etaman bu kun,
Mahzun laxzalarda ko’glimgan kirgan,
Bir iliq tuyg’uga bo’laman maftun.

Yomg’ir yog’aver yog’aver ko’roq,
Yuvib ket ko’limni charchoqlarini,
Qalbimda qolmasin qolmasin biroq,
Men yozay hayotni ardoqlarini.

Yomg‘irjon


Daraxtlar chapak chalar,
Bargini yuvib olar.
Musaffo bo‘lar haryon,
Ishing ham emas oson.

Kutayapman yomg’ir ostida


Goho sovuq kelib jim chaqar,
Gohi o’yib olib chim chaqar,
Ustimdan suv , qalbdan qon oqar,
Kutayapman yomg’ir ostida.

Odamlardan bo’ldim tashqari,
Ko’rgan deydi telba — teskari,
Ayni ketgan kuning singari,
Kutayapman yomg’ir ostida.

Yomg’irdan so’ng chiqar kamalak,
Lek sen yo’qsan sochi jamalak,
Yum — yum yig’lar xattoki falak,
Kutayapman yomg’ir ostida.

Ko’rinmaysan balki kelgansan,
Kutishimni yaxshi bilgansan,
«Uyga kir» de biroz tergab San,
Kutayapman yomg’ir ostida.


Men yashayman Kim? Qani? Uchun,
Yomg’ir senga yoqqani uchun,
Bugun yomg’ir yog’gani uchun,
Kutayapman yomg’ir ostida.

Tilak qoldi sabr ostida,
Sevgim endi qabir ostida,
Har tomchisi o’qdek tegsa ham,
Kutayapman yomg’ir ostida!!!

Tog‘da yomg‘ir


Tog’ning yelkasiga osilgan falak.
Ulkan xarsangtoshlar yotar qalashib.
Bulutga qo’lini silkitirar chechak.
Va, yomg’irning g’ayrati ketadi toshib.

Shimoldan bir sovuq nafas ufurib.
Boshlanar yomg’ir va qorlarning jangi.
Yomg’ir boshlab kelgan sellarni ko’rib.
Oqarib ketganday terakning rangi.

Ko‘z yosh to‘kdi yomg‘ir


Qildi meni shalabbo,
Cho‘mildim-ku men go‘yo.
Eh, yomg‘ir, yomg‘ir, yomg‘ir,
Do‘st edik-ku biz axir!

Yuvib ket yomg’ir


Yopib qo’yolmadim o’tmish darchasin.
Doim ezaverar qalbim parchasin.
Xotiralar barcha barchasin.
Bitta qo’ymay yuvib ket yomg’ir.

Yig’lab keldingmi yomg‘ir

Yomg’ir yog’sa-yu, yuvilib ketsam

Yoki bir tosh bo’lsam, cho’qqining bag’rida,
Mayin sabo ta’sirida yiqilib tushsam.

So’ngra ko’milib dengiz qarida,
Hammaning yodidan abadga o’chsam.

Hamma unutsa… eslamasa bir zumga,
Ko’milib ketsam tuproqning tub-tubiga,

Yoshlarni to’xtatsa edi tuproq kirib ko’zimga,
Qurtlar teshsa tanamni, sezilmasa o’zimga.

Yomg’ir bo’lsam, tomchilab yerga talpingan,
Singib ketardim zaminning qat- qatiga.


Izlashsalar topolmasdi bir bor atiga,
Shunda tog’lar qulardi men oshiqning jur’atiga.

Qor bo’lolsam edi, pokiza- beg’ubor,
Xorigan dillarga halovat bag’ishlardim.

Shunda ko’z yoshlarni muzlatib tashlardim,
Zum o’tmay esa alvido aytib, eriy boshlardim.

Yoki ko’z yosh bo’lsam, onamning ko’zida,
Bir bor yig’laganda to’kilib ketsam,

Yerga to’kilmasdan, qolib yuzida,
Lablari oldida qurib bitsam.

Pardek yengil bo’lsamu, shamollar uchirib ketsa,
Hech kimga sezdirmay yo’qolib qolsam.


Ul shamol meni bulutlar qariga eltsa,
So’ngra hech kim topolmasa… abadga qolsam.

Suv ostiga cho’kkan bir qism,
Cho’g’dek… so’nsam-u, abadga yo’qolsam.