Til haqida sher eng sara sherlar to‘plami

Til haqida eng sara sherlar to‘plami kattalar va bolalar uchun. 21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Dunyoda har bir xalqning o’z tili uning bebaho boyligi, iftixori, najoti hisoblanadi. Hikmatli so’zlar, she’ru dostonlar, qo’shiqlar avvalo biror bir millatning ona tilida dunyoga keladi.

Ona tilim — Orif To‘xtash

Bobur mirzo sog’inchida yig’ladingmu,
Amir Temur ag’yorlarin tig’ladingmu?
Ona tilim, boqiy tilim, jon tilim,
Yillar osha yashnab turgan xon tilim.

Seni asrab-ardoqlayin shirin so’zlab,
Xazinangga yo’l axtargum durlar izlab.
Ona tilim, go’zal tilim, jon tilim,
Har lutfida bir siri bor xon tilim.


Ona tilim o‘lmaydi — Erkin Vohidov


«Va’zingni qo‘y, birodar,
Sen aytganing bo‘lmaydi».
Barcha dedi barobar:
«Ona tilim o‘lmaydi».

— Hey, bu qanday aqida!
— Qo‘lida tabarruk jom,
Go‘zal forsiy haqida,
Ruboiy aytdi Xayyom.

Ehtirosli, otashdil,
Beranje so‘rdi nolon:
— Nahotki, farangi til
Yo‘qolgusi bir zamon!


Neruda, Lorka turdi,
Servantesning yoniga:
— Kim qasd etib tig‘ urdi,
Ona tilim joniga!

Fuzuliy yondi: — Ozar,
Tili guldek so‘lmaydi.
Barcha dedi barobar:
«Ona tilimo‘lmaydi».

Kamalakdek rango-rang,
Bo‘lsin deb san’at, tillar,
Asrlarcha qildik jang,
Armon qildik ming yillar.

Beqadr bo‘lsa, nahot,
Tillardagi tarovat!
Yo‘qoldi bu kun, hayhot,
Qabrlarda halovat!


«Faust» yondi gurillab,
«Xamsa» o‘tga tutashdi.
Bir sado jahon bo‘ylab
Taraldi, tog‘lar oshdi.

Bu sado yangrar hamon,
Sira ado bo‘lmaydi.
Olam aytar: Hech qachon,
Ona tilim o‘lmaydi!

Ona tilim — Abdulla Oripov


Ona tilim — Iroda Umarova


Ona tilim – yurak qatimdan,
Mehr bo‘lib sochilgan jarang.
Qulog‘imga go‘dak paytimdan,
Alla bo‘lib singigan ohang!

Ona tilim — Muhammad Yusuf


Sen bo‘lmasang nima bizga sillik she’rlar,
Bu dunyoda tili yo‘kda dil yo‘q derlar,
Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Bir qarasam har shevangda ming jilolar
Har novdangda, har mevangda ming jilolar.
Qodiriylar, Cho‘lponlar-u, Abdullolar,
Sening qaytgan kuning men tug‘ilgan yilim,
Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.

Ona tilim — Xurshid Davron


Mashrabmas, sen osilding dorga,
Nodiramas, sensan so‘yilgan,
Hoziqningmas, sening, ey tilim,
Boshing ayru, ko‘zing o‘yilgan.

Ammo dushman o‘ldirgan botir,
Tirilgandek yana qasosga,
Mangu borsan va mangu qodir,
To‘ldirmoqqa yerni ovozga.

Vatan uchun baxsh etib jonni,
Kechib olov, kirib daryoga,
Farzandlaring to‘kkan har qonni,
Shimirding sen o‘xshab giyohga.

Ona tilim, omon bo‘l mangu,
Sen borsan-ki men ham o‘lmayman,
Tildan qolsam, seni Oybekday,
Men ko‘zlarim bilan so‘ylayman.

Ona tilimsan — H. Nuriy


Tongotar fayzini nay navosini,
Dalalar shukuhin ob-havosini.
Visol chog’larini, dil sadosini,
Odamning jamiki muddaosini.

Barini, barini kuylamoq mumkin,
Odamda ni bo’lsa o’ylamoq mumkin.
Shu qadar serma’no ona tilimsan,
Tarjimon, eng dono ona tilimsan.

“Paxta” degan oddiy bitta so’zingda,
Jahonga arzirlik ulug’ ma’no bor.
Nega maqtamayin men ona tilim? –
Dilrabo so’zlari o’ynatsa dilim.

Ona tilim — Rauf Parfi


Chuvalgan bulutni qordek qorarman,
Ruhimning panjasi chaqmoq bo‘ynida.

O‘zbek tili — Rauf Parfi

Ona tilim, ruhimning qoni

Barchaning boshida birdek beomon,
Manxus zamonlarning o‘lik shamoli, —
Buzg‘un yigirmanchi asr a’moli…

Mening ona tilim, munis, mehribon,
Sen Turkiy dunyoning g‘olib xayoli —
Seni yozajakman, tirilgan jahon.

Ona tilim, ona xalqim


Sayrab turgan bu tilni

Ona tilim — A‘lo tilim Ona tilimda — Jumaniyoz Jabborov

Do’stlarning shirin davrasida shaydo shakardir,
Har jilvasi bir gulxan-u gulxona tilimda.
Bor unda Navoiy ruhi, unda Bobur bor,
Har shevasi qasr ila koshona tilimda.

Dunyoda bor ilm-u hunar unda jilobaxsh,
So’ngsiz xazina qomus-u afsona tilimda.

Ona tilim — Mirtemit

Asl durdona tilim

Dilimiz torjimoni,
Sen millatning mulkisan,
Chiroylisan, ko‘rklisan.
Fe’l-atvori, ruhini
Aks ettirgan ko‘zgusan,
Donishmand, dono tilim,
Asl durdona tilim.

Sensiz na ilm bo‘lar,
Na fikr, bilim bo‘lar.
Sen bo‘lmasang so‘zlarnnig,
Bag‘ri ming tilim bo‘lar.
Onajon, ona tilim,
Mening shohona tilim.

Ona tilim jonu dilim

Ona tilim jonu dilim — Latofat Bo’riyeva

Madhing dildan kuylay jo’shib,
Ohanglaring qo’shib-qo’shib.
O’rganarman sendan bilim,
Ona tilim – jonu dilim.

O’zbegimning iftixori,
Til millatning nomus ori.
Ardoqlaydi sevib elim,
Ona tilim – jonu dilim.

Mening kesilgan tilim


Oldga, safarbarlikka,
Qanday yaraydi bolam,
Ortidagi jarlikka,
Qanday karaydi bolam.

Uni kim qilib qo’ydim,
Kim bo’ldi og’am-inim,
Tomir-tomirim kuydi,
Sindi bo’g’in-bo’g’inim.

Guli unut xalq bo’ldik,
Io’li unut xalq bo’ldik,
Ommaviy gunglik sodir,
Tili unut xalq bo’ldik.

Umrimning shom, kechiga
Shu o’y sanchilib turib,
«Lug’atit-turk» ichiga,
Yoshim tomchilab turib,
Dedim: — Tig’ tilgan tilim,
Mening kesilgan tilim.

Ona tilim — Sa’dulla HАKIM


Ota boʼlib otlangan tilim,
Ona boʼlib shodlangan tilim,
Bola boʼlib yodlangan tilim,
Ona tilim.

Boshimda bosh bor ekan, borsan,
Koʼzimda yosh bor ekan, borsan,
Toki quyosh bor ekan, borsan,
Ona tilim.

O‘zbek tili – mening ona tilimdir

Til haqida sher eng sara sherlar to‘plami

Gullasin Vatanim, yashnasin elim,
Baxt-u saodatdan yayrasin dilim,
Armoni yo‘q inson bo‘lay dunyoda,
Dilim quvonchini so‘ylasin tilim.

Ona tilim obro‘sin ko‘taray ko‘kka,
Men ham intilaman doim yuksakka,
Vatanga muhabbat tilga sadoqat,
Har kimni yetkazar ezgu tilakka.

O‘zbek tili – mening ona tilimdir,
Har bir kuy-g‘azali g‘uncha – gulimdir,
O‘z ona tilimni chin dildan sevmoq,
Bilaman, men tutgan to‘g‘ri yo‘limdir.