Aziz va Mo‘tabar Ayollar! Sizlarni kirib kelayotgan 8-mart Xalqaro Xotin-qizlar bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etamiz.
Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt va omad tilaymiz. Oilangizga tinchlik, ishlaringizda eng katta yutuqlarga erishishingizda tilakdoshmiz.
Sharqning guli — O‘zbek ayoli
Odam, olam shodlikla kular,
Sharqning guli — O‘zbek ayoli
Aziz ayollar
Siz borki fayzlarga to‘ldi bu olam.
Siz ammam, siz onam, biringiz xolam.
Sizlarsiz o‘zingiz yurakda nolam.
Baxtimizga omon bo‘ling ayollar.
Bayramingiz muborak aziz ayollar.
Gohida bilmayin sizni ranjitib.
Dilingiz qo‘ysak gar bizlar og‘ritib.
Ming bor uzr ela hush kalom etib.
Unutaylik bugun, yomon hayollar.
Bayramingiz muborak aziz ayollar.
Gullagan binafsha misol
Bayram 8-mart muborak bo‘lsinSizga baxtni tilayman mangu,
Bu dunyoda baxtingiz kulsin.
Chin yurakdan aytay ayollar,
Bayramingiz muborak bo‘lsin.
Aziz va Mo‘tabar Ona
Ko‘zingizda aslo yosh ko‘rmay,
Bugun baxtdan bag‘ringiz to‘lsin.
Ona sizga uzoq umr tilay,
Bayramingiz muborak bo‘lsin.
Bayraming bilan
Baxor chechaklari bo‘lsin armug‘on Azizim hayotda shodlik bor bo‘lsinG‘am sizdan yiroq bo‘lsin
Bayramingiz bilan onajon Munisa opamMehribon singlim
Bayraming bilan, onasi Bayraming bilan qizim Ayyomingiz muborak bo‘lsin Ko‘p narsa kerakmas ayol zotigaTilloga to‘ldirmang barmoqlarini.
Baxtli bo‘lish gumon boylikdan butkul.
Menimcha chog‘ etib dimog‘larini.
Tonglari yostig‘iga qo‘ying atirgul.
Sevgi izxorlari hush yoqar biroq.
Oddiy bir kalomdan boshlari osmon:
«Issiq kiyindingmi ko‘cha sovuqroq.
Sen menga salomat keraksan ishon!»
Mayli qozoniga go‘sht tushmas har kun.
Libos o‘zgarmasin bir yilda bir bor.
Yelkangiz qizg‘anmang suyanish uchun.
Turmushni mushtlari berganda ozor.
Ishoning ko‘p narsa kerakmas unga.
Unutmang shishadan yasalgan ko‘ngil.
Bazida bir kulib qarashingizga.
Jonini bermasa mana men kafil.
Kimgadir kerakman deya yashasin.
Asrang qadrsizlik qiynoqlaridan.
Savob yozilarmish har bo‘sa uchun.
Sizni duo qilgan dudoqlaridan!
Mexri daryo Onajonimm
Afsus yo‘lim uzoqdir,
Sog‘inchlarim azobdir.
Ko‘zlar sizni izlaydir,
Sizni doyim Onajonim.
Tengingiz yo‘qdir dunyoda.
Umringiz bo‘lsin ziyoda.
Sherik bo‘ling baxtimga,
Qalbi osmon Onajonim.
Siz oyimsiz Otam quyosh,
Doyim bo‘ling bizlarga bosh.
Ko‘rmasin xech ko‘zlaringiz yosh,
Mexri daryo Onajonimm!
Ayollarga atalgan hazil sher
Aytganini qilsa xam,
Ustimizdan kulsa xam.
Begona duxilarni,
Yuz metrdan bilsa xam.
Ayollar omon bo‘lsin!
Tur desang o‘tirsa xam,
O‘tir desang tursa xam.
Kun bo‘yi pardoz qilib,
Salonlarda yursa xam.
Ayollar omon bo‘lsin!
Jaxlda shimarsa yeng,
Naq enamni ko‘rdim deng.
Toqati tog‘larga teng,
Bilagi Alplarga teng.
Ayollar omon bo‘lsin!
Bozorlarda yugurgan,
Sandiqlarni to‘ldirgan.
Xamma ishga ulgurgan,
Ayollar omon bo‘lsin!
Quda tanlab qidirgan.
Suymaganni suydirgan.
Muqom qilib kuldirgan.
Kelinini ko‘ndirgan.
Ayollar omon bo‘lsin!
Aziz ayollar
Mehr degan bir ajib.
His tuyg‘uning bulog‘i.
Sizlar borki o‘chmaydi.
Xonadonlar chirog‘i.
Dardingiz ichga yutib.
Doyim kulib turasiz.
Mehri daryo chiroyli.
Farishtalar bo‘lasiz.
Mayda o‘rilgan sochlari.
Go‘zal shirin so‘zlari.
Barchangizni qutlayman.
O‘zbegimning qizlari.
Go‘zallikning timsoli.
Osmonda oy misoli.
Oshiq etar o‘ziga.
Guldan go‘zal visoli.
Sho‘xligimiz ko‘targan.
Azizim jonajonlar.
Bahtimizga sog‘ bo‘ling.
Mehribon onajonlar.
Qo‘llarimda gul dasta.
Ketyapman qoshingizga.
Shukr deyman Hudoga.
Yonimda boringizga.
Bayramga sovg‘a (Hazil sher)
Xursand bo‘lib kettimku,
Erim yodida bayram.
E’tibor kutamanda,
Ayolman axir men ham.
Bir yilda bir bor kelar,
Ayollarning bayrami.
Shu sababdan oldinroq,
So‘ragandim sovg‘amni.
Biz ayollar sovg‘aning,
Kattasiga loyiqmiz.
Uyim bola chaqa deb,
Yashaymizda hammamiz.
Erkaklar xushyor bo‘ling,
Bayram yaqin bilsangiz.
Eng yaxshi sovg‘a oling,
Chin ko‘ngildan sevsangiz.
Uyingizdagi ayol,
Farishtaga o‘xshaydi.
Faqat bayram kunida,
Sizdan sovg‘a so‘raydi.
Baxtga to‘ldirib bag‘rin,
Dasta gul olib keling.
Ayolingiz qalbini,
Shodliklarga to‘ldiring.
Sakkizinchi mart yaqin,
Sovg‘angizni tayyorlang.
Xoy erkaklar shu bilan,
Sevgingizni isbotlang!