Orzu haqida sher eng sara sherlar to‘plami

Orzu haqida sherlar to‘plami: Insoniyat borki orzu qilishdan hamda oldiga maqsad qo‘yishdan to‘xtamaydi. Shu boisdan orzu, istak hamda maqsad haqida eng sara sherlar to‘plamini taqdim etdik.

Mening katta orzuyim

Sherlar yozib tunlari
Ko‘p xayollar suraman
Agar xudo xoxlasa
Men qo‘shiqchi bo‘laman

Aytsam yaxshi qo‘shiqlar
Qalbim bahtga to‘ladi
Mashxurlikku xavasmas
Sizga yoqsa bo‘ladi

Shunday orzularim bor
Orzo‘ bo‘lib qolmaydi
Sekin sekin intilib
Shoir bola tolmaydi


Bilaman bu yo‘limda
Uchrar turli odamlar
Xasadgo‘yu yolg‘onchi
Ayyor tulki odamlar

Mashaqqatli yo‘ldir bu
Buni yaxshi bilaman
Lekin qo‘shiq kuylamay
Men qandayin yuraman

Orzuyimga yetishni
Chin yurakdan istayman
Duo qiling onajon
Men yo‘lga otlangayman


Orzularim


Oppoq qor yog‘di sochimga,
Yolg‘izlik tushdi boshimga,
Rahm qilib bardoshimga,
Yana bahor qaytib keldi.

Rangsiz nigohlarim chaman,
Qorong‘u kun yorug‘ olam,
Sensizlik kuch berdi biram,
Shunchaki vaqt davo bo‘ldi.

Qalbimda musaffo osmon,
Sen unda zarra chang ishon,
Sevgiga yo‘liqdi Doston,
Bog‘imda yangi gul undi.

Shunchaki yuragim ko‘ndi.
Taqdirga yoydiyu qo‘ydi.
Bariga vaqt davo bo‘ldi,
Shunchaki yangi kun keldi.


Orzu

Orzu 1

Shodlik — tor kulbamning erka mehmoni,
Alam — yuragimni zarb etgan mezbon.
Poklik — umrimning gox ojiz tomoni,
Shuhrat — tomirimda oqmagan qon.

Hijron — oramizni buzgan yosuman,
Sevgi — men rangini anglolmagan gul.
Rashk — ishqim ko‘kini qoplagan tuman,
Visol — men boshini topolmagan yo‘l.

Orzu 2


Meni ortiq ezmasa alam,
Ko‘tarmasam ayriliq yukin.
Butun umr bilmasdan o‘tsam
Sog‘inch degan azob borligin.

Men yer kabi bir izdan yursam,
Yo‘llarimiz har kun tutashsa.
Har kun oyday yuzingni ko‘rsam,
Ko‘zlaringdan ko‘zim qamashsa.

O‘ngga do‘nib bu shirin ertak,
Sen bilan soz-suhbatlar qursam.
Oldingidek do‘stu yor bo‘lsak,
Sevishimni bilmasang sen ham.

Kapalakka almashaman


Shoirlikni suymaydi jinim,
Menga havas qilmagin inim.
Shuhratimni totli bir tilim,
Handalakka almashaman men.

Qo‘shiqlarim bo‘lib ovoza,
Yurtda mashhur emishman toza!
Barcha yozgan sherim bir kosa
Sumalakka almashaman men.

O‘g‘il, qizim, namozhon bo‘lsin!


Nafsim yomon, o‘ydan so‘ylar,
Orzu qilmay yomon o‘ylar,
Shular sabab qilay to‘ylar,
O‘g‘lim bo‘lsin chin namozhon,
Qizim bo‘lsin obida hon!

Orzular…


Kuylar yozib har kecha
To‘xtamaymiz ijoddan
Orzu niyatlarimiz
Juda katta hayotdan

Ustimizdan kulganlar
G‘iybatimiz qilganlar
Bizga tanqid ham kerak
Sog‘ salomat yuringlar

Dilda bordir alamlar
Aldar go‘zal sanamlar
Porloq kelajak tomon
Tashlayapmiz qadamlar.