Uyg‘ur Xoqonligi .
Uygʻur xoqonligi — uygʻurlar davlati (744—847). Sharqiy Turk xoqonligi hududida Bosmil xoqonligidan soʻng paydo boʻlgan. Poytaxti— Qoraqurum (Urxun daryosining chap qirgʻogʻida). Birinchi xoqoni Qutlugʻ Bilga xoqon (uygʻurlarning yogʻliqor urugʻidan) davrida Uygʻur xoqonligiga Oltoydan Manjuriyagacha boʻlgan hudud qaragan. Xoqon Moʻyunchur (Qora xoqon) davrida Uygʻur xoqonligi kuchli davlatga aylangan. Shimolida qirgʻizlar, sharqda kidanlarni yengib, ularning yerlarini oʻz davlatiga qoʻshib olgan. 8-asr oʻrtalarida Uygʻur xoqonligi ga gʻarbda Oltoydan, sharkda Xingan toglarigacha, janubida Gobi choʻlidan shimolida Sayan togʻlarigacha boʻlgan hudud kirgan. Xoqon Idigin davrida Uygʻur xoqonligiqoʻshinlari Xitoydagi oʻzaro urushlardan foydalanib, unga bostirib kirgan. 8-asr oxirida mahalliy boylarning oʻzaro janjallari, tobe qabilalarning uygʻurlar hukmronligiga qarshi kurashi kuchayib, Uygʻur xoqonligi tanazzulga uchray boshladi.