Homiladorlar uchun kiyim-kechaklar

Homiladorlar uchun kiyim-kechaklar

Homiladorlik paytida va undan keyin organizmingizda sodir boʻladigan oʻzgarishlardan qocholmaysiz. Shuning uchun butun shu davrning davomida ixcham va qulay kiyimni kiyish juda muhim.


Homiladorlikning erta bosqichlarida shu kabi oʻzgarishlar koʻpincha darhol paydo boʻlmaydi. Biroq, belingiz oʻlchami byust kabi kattalashishi mumkin. Agar bu narsa sodir boʻlsa, unda qorin uchun belbogʻ juda ajoyib variant hisoblanadi, uni homiladorlikdan keyin taqib yurish mumkin.


Bundan tashqari, sizning oʻzgarib ketgan koʻkragingizni yaxshi ushlab turuvchi sifatli byustgalterni xarid qilish juda muhim. Homiladorlikning erta bosqichlarida homiladorlar kiyimi uchun pul sarflash shart emas. Siz oʻzingizda bor kiyimlarni kiyishingiz mumkin.


Garderobdagi eng foydali narsa- bu elastik matolardan tikilgan kiyimlar. Bogʻlamli shimlar, kardiganlar va elastik futbolkalar- bularning barchasi kiyimlarning asosiy predmetlari, ularni butun homiladorlik davrida kiyish mumkin. Agar siz homiladorligingizni ochishni istamasdan, qorningizni yashirmoqchi boʻlsangiz, beli yuqorida joylashgan koʻylaklarni yoki yumshoq matoli toplarni kiyishingiz mumkin.


Homiladorlikning kechroq bosqichlarida sizning odatiy kiyimlaringiz toʻgʻri kelmay qoladi. Homiladorlar uchun kiyimlarga talaygina pul sarflashning oʻrniga homiladorlar kiyimlarini doʻstlaringizdan olib turishingiz yoki uni e-baydan xarid qilishingiz mumkin. Koʻpgina tarmoqli doʻkonlarda ham homiladorlar uchun kiyimlar taqdim etilgan, siz doʻkonlarda yurib, sizga erishimli boʻlgan kiyimlarni xarid qilishingiz kerak.


Biz sizga homiladorlik paytida, emizishda va oʻzingizni asl holatingizga keltirishda zarur boʻlgan ayrim kiyimlarni xarid qilishingizni taklif qilamiz. Qomatingizga mos keladigan urfdagi kiyim sizga barcha muammolarni samarali yengishga yordam beradi. Turli shakllar, teksturalar va ranglarni qatlamlash- bu muvaffaqiyat kalitidir. Biroq, «yirik oʻlchamdagi» ayollar kiyim topish muammosiga duch keladi.


Aʼlo darajadagi asosiy modellardan biri burmali shimlar hisoblanadi, chunki ularning elastik belbogʻi qorningizni joylashtirish imkonini beradi. Ularni shuningdek, homiladorlikdan keyin ham kiysa boʻladi, chunki ular sizga oʻzgarib qolgan qomatni ushlab turishga va moslashtirishga yordam beradi. Ayniqsa tana vazni katta boʻlgan ayollarga va etagi uzun kiyim talab etiladigan homilador ayollarga koʻp qavatlilik hissini yaratish uchun uzaytirilgan maykalar yoki tunika-koʻylaklarni kiyish tavsiya etiladi.

Koʻp qavatli kiyimlar- bu oʻsayotgan qorningizni yashirishning aʼlo usuli. Kiyimlarning mazkur predmetlari siz tugʻganingizdan keyin qorindan eʼtiborni qochirish uchun qoʻllaniladi. Ushbu kiyimni emizayotganingizda va odatiy kiyimlarni kiyishni boshlamaguningizcha kiyish mumkin. Ushbu davr bir necha oyni egallashi mumkin va sekin-asta sogʻlom turmush tarziga va tegishli jismoniy shaklga qaytish juda muhim. Sizning organizmingizning va bolangizning organizmining ehtiyojlari ustuvorlik ahamiyatga ega va bu yerda jinsalarning oʻlchami ahamiyat kasb etmaydi.


Tugʻruqdan keyin bir nechta oy oʻtib siz homiladorlikning boshida kiygan kiyimlaringizni, jumladan, bogʻlamli shimlarni yoki beli yuqorida boʻlgan koʻylaklarni yana kiyish mumkinligini tushunib qolasiz. Agar siz emizadigan boʻlsangiz unda emizish uchun koftani xarid qilishingiz kerak. Uni boshqa kiyimning tagidan kiysa boʻladi, masalan, kardigan yoki koʻylakning tagidan. Ustki kiyimni toʻq rangda xarid qilish lozim, chunki u och matoga qaraganda har qanday toʻkilishlarni yoki dogʻlarni yaxshiroq yashirishga qodir.


Agar byudjetingiz cheklangan boʻlib, sizda yangi kiyimlarni xarid qilishi imkoni boʻlmasa, unda garderobni aksessuarlar bilan toʻldirish mumkin! Sizga sharflar, ziraklar yoki qandaydir yorqin bijuteriya yordam beradi.


Soʻz homiladorlar uchun kiyim haqida ketganida har doim birinchi navbatda qulayligini, keyin esa bu kiyimni tugʻganingizdan keyin kiya olishingizni hisobga olish muhim. Siz band boʻlib, uyqudan qolgan paytingizda tinchlanishning aʼlo usuli boʻlib oʻzingizni tartibga keltirishingiz va yaxshi his qilishingizni taʼminlashingiz hisoblanadi.



Qomatingizni tartibga keltirishingizda nima yordam beradi:

Homiladorlikning erta muddatlarida:
Qorin uchun belbogʻ

Emizikli onalar uchun byustgalter

Bogʻlamli shimlar

Kardiganlar

Elastik futbolkalar

Beli yuqori boʻlgan koʻylaklar

Yumshoq va silliq matoli toplar

Keyingi bosqichlar:
Homiladorlar uchun shimlar

Uzaytirilgan maykalar

Yengsiz koʻylaklar

Nataldan keyin:
Homiladorlar uchun byustgalterlar

Bogʻlamli shimlar

Emizikli onalar uchun koftalar

Kardiganlar

Beli yuqori boʻlgan toplar

Katta oʻlchamdagi koʻylaklar

huggies.uz