Nosiruddin at-Tusiy haqida Tug‘ilgan sana: 1201 yilVafot etgan sana: 1274 yilAniq fanlar sohasida O’rta Osiyo olimlari IX-XVIII asrlarda o’zlarining ko’pdan-ko’p ilmiy asarlaribilan, ayniqsa astronomiya va riyoziyotda, buyuk yangiliklar kiritdilar. To’qqiz asr davomida Sharqmamlakatlarida, shu jumladan, O’rta Osiyoda ham, ulug’ madaniy shaharlar vujudga keldi, bushaharlarda ilmiy maktablar va aniq fanlar bo’yicha hisoblash markazlari tashkil etildi. Ular ichidanfaoliyatining asosiy yo’nalishi astronomik tadqiqotlar bo’lgan uch ilmiy maktabda vujudga kelgankashfiyotlar e’tiborga loyiqdir.Tarjimai holBirinchi ilmiy maktab XIII asrda Janubiy Ozarboyjonning poytaxti Marog’a shahrida tashkil qilindi.Maktabning ilmiy rahbari Nosiriddin Tusiy edi. Uning iltimosiga ko’ra, 1259 yili Xuloguxonrasadxona qurdirdi. Chunki xon bundan o’z manfaatini ham ko’zlagan edi, ya’ni turli harbiy yurishlarva boshqa ma’muriy tadbirlarni amalga oshiradigan omadli kunlarni aniqlash va bunday kunlarnioldindan bildiradigan jadval-goroskop tuzib berishlarini u olimlardan talab qilgan edi. Bundayjadvallarni tuzish esa ma’lum astronomik kuzatishlarni taqozo qilardi.Biroq keyinchalik Nosiriddin Tusiyning g’ayrati va shijoati sabab bo’lib, bu rasadxona XIII asrningyirik ilmiy markaziga aylandi va tarixda o’chmas iz qoldirdi. O’rta asr tarixchisi Rashididdinningma’lum qilishicha, rasadxonaning yuzga yaqin xodimi bo’lgan. Ozarboyjonlik olimH.Mamedbeylining «Nosiriddin Tusiy – Marog’a rasadxonasining asoschisi» degan asaridarasadxonada ishlagan 21 astronomning ro’yxati keltirilgan.Tusiy tarixga qomusiy alloma sifatida kirdi. Uning matematika va astronomiyaga oid «Algebra vaalmuqobaladagi hisoblash masalalari haqida risola», «Astronomiyadan Nosiriddinning esdaliklari»,fizikaga oid «Nurning sinishi va qaytishi haqidagi risola», «Issiq va sovuq haqidagi risola», boshqafanlar sohasida Xuloguxonga bag’ishlangan «Tansiqnomai Elxoniy» («Elxon mineralogiyasi»),pedagogikaga oid «Axloqi Nosiriy», mantiq bo’yicha yozgan «Asos al-iqtibos» («Bilim olishningasoslari») va boshqa asarlari qimmatli meros hisoblanadi.Olimning ilmiy merosi ichida uni dunyoga tanitgan buyuk astronomik asari «Ziji Elxoniy» («Elxonziji») bo’lib, u Xuloguxonga bag’ishlangan edi (Xuloguxonning taxallusi Elxon bo’lgan). Bu asardakeltirilgan talay yirik shaharlarning geografik koordinatlari, yulduzlarning koordinatlari, Quyosh, Oyva boshqa sayyoralarning harakatlari aks ettirilgan jadvallar, to XV asrda Ulug’bek rasadxonasiningyirik astronomik asbobida bu ma’lumotlar aniqlashtirilgunga qadar, ya’ni ikki yuz yildan ko’proq davrmobaynida dunyo astronom olimlarining foydalanadigan kundalik lug’atiga aylandi.O’z asarida olim mashhur yunon astronomi, olam tuzilishining geotsentrik ta’limotining asoschisiK.Ptolomeyning (mashhur «Almajistiy»ning muallifi) Oy va Utorud (Merkuriy)ning harakatigabag’ishlangan nazariyasiga qarshi chiqib, o’zining nisbatan yengil hisoblash usulini taklif etadi.Tusiyning Marog’adagi rasadxonasi o’rta asrlarda ishlagan va dunyoga dong’i ketgan eng yirikrasadxonalardan bo’lib, uning Sharq astronomiyasi rivojiga qo’shgan hissasi beqiyosdir.1935-1937 yillari rasadxona qoldiqlari arxeolog P.Varjivand va uning shogirdlari Murtazaviy vaHaydariylar tomonidan o’rganilib, uning asl o’lchamlari haqida quyidagi ma’lumotlar qo’lga kiritildi:uzunligi 510 metr, kengligi 217 metr bo’lib, rasadxona o’rnatilgan bu tepalikning balandligi 110 metr.P.Varjivand qazilmalari asosida Tabriz universitetining olimlari Marog’a rasadxonasining asosiy«teleskopi» – kvadrantning radiusi – 18,4 metr, asosidagi aylanmaning diametri – 22,8 metr,devorining qalinligi esa 80 santimetrligini aniqladilar.Frantsiya milliy kutubxonasida saqlanayotgan arab olimi Al-Ordiziyning kitobida Tusiyrasadxonasining 10 ta astronomik asboblari haqida ma’lumot berilgan.Tusiyning vafotidan(1274 yil) keyin rasadxonaga uning katta o’g’li Sadriddin Abul Hasan ibnNosiriddin rahbarlik qildi.Sharqning ikkinchi ilmiy maktabi XV asrda Samarqand shahrida Mirzo Ulug’bek tomonidan tashkiletildi. Ta’kidlash lozimki, birinchi ilmiy maktab – Marog’a rasadxonasi Samarqand rasadxonasidan150 yil oldin qurilib, ishga tushirilganligi tufayli, Ulug’bek rasadxonasining qurilishi va ishgatushirilishida Tusiy rasadxonasining ko’pgina ijobiy tajribalaridan, jumladan, ilmiy ishlarnirejalashtirishda va olingan natijalarni taqqoslashda keng foydalanildi. Biografiya 60 1 2 3 4 5 Жалоба 5 0 22-02-2024, 06:40