Abbos al-Javhariy haqida Abbos al-Javhariy haqidaTug‘ilgan sana: 800 yilVafot etgan sana: 860 yilXalifa al-Ma’mun davrida Bag‘dod va Damashqda faoliyat ko‘rsatgan yirik astronom vamatematiklardan biri — al-Abbos ibn Sa’id al-Javhariy aslida Forob shahri (hozirda Gavhartepa)dadunyoga kelgan. Uning hayoti va faoliyati haqida manbalarda aniq ma’lumotlar saqlanmagan.Al-Javhariyning 830- yillar atrofida Ma’mun akademiyasidagi astronomik kuzatishlarda ishtiroketganligi inobatga olinib, uni IX asrning birinchi yarmida yashab o‘tgan degan xulosaga kelingan.O‘rta asr Sharq xalqlari fani va madaniyati tarixiga oid ilk bibliografik asar — «Kitab al-Fixrist»ningmuallifi Ibn an-Nadim yunon olimi Yevklidning «Negizlar» («al-Usul») nomli kitobi haqida gapirarekan, unga yozilgan sharhlardan birini al — Javhariy bitgan, deb ma’lumot beradi.Al-Javhariyning faoliyati haqidagi asosiy ma’lumotlar Ibn al-Qiftiyning mashhur «Olimlarni hakimlarhaqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish» («Ixbar al-ulama bi axbar al-hukama») kitobida saqlanibqolgan. Unda shunday deyiladi: «Al-Abbos ibn Sa’id al-Javhariy munajjim bo‘lib, u astronomiya vaastronomik hisoblarda mohir mutaxassis hisoblangan. (Shu bilan birga) u astronomik jihozlardanfoydalanihda ham noyob iste’dod sohibidir:U xalifa al-Ma’munga hamroh bo‘lgan va al-Ma’mun uni Bog‘dodda ash-Shamosiya mintaqasidagitajriba ishlariga mas’ul olimlar bilan astronomik kuzatishlarni olib borishga undadi. Al-Javhariy ba’zisayyoralar, quyosh va Oyning o‘rnini aniqlagan. Natijada ushbu soha ahllari ora-ida mashhur bo‘lgano‘z zijini yarata oldi.Uning o‘zi va hamkasblari — Sanad ibn Ali, Xolid ibn Abd al-Malik al-Marvarrudiy, YAhyo ibn AbuMansurlar musulmon dunyosida birinchi bo‘lib astronomik kuzatish va tajribalar olib borganshaxslardan bo‘lgan. Al-Javhariy quyidagi asarlarning muallifidir: «Zij kitobi», «Yevklid kitobigasharh» («Kitab tafsir kitab Uqlidis»), «Yevklidning «Negizlar» asarining birinchi kitobiga u (al-Javhariy) qo‘shgan shakllar» («Kitob al-ashkal allati zadaha fi-l-maqala al-uvla min Uqlidis»)».Ibn al-Nadim va Ibn al-qiftiylarning al-Javhariy haqidagi yuqoridagi malumotlarini XVII asr turkbibliografi Hoji Xalifa asosan o‘zgarishsiz qaytaradi.Al-Javhariy o‘z davridagi boshqa yetuk astronomlar bilan hamkor-liqda xalifa al-Ma’munningtopshirig‘iga binoan rejalashtirilgan «al-Ma’munning tekshirilgan ziji»ni yozishda faol ishtirok etgan.U Bag‘doddan tashqari, Damashq shahridagi astronomik kuzatishlarda qatnashib, astronomiyadantashqari matematikada ham katta natijalarga erishdi.Uning Yevklidning «Negizlar» kitobiga yozgan sharhi va bu asarning birinchi kitobiga qo‘shganshakllari, parallel chiziqlar haqidagi g‘oyalari olimni geometriya sohasida ham chuqur bilimlar sohibibo‘lganidan dalolat beradi. Bundan tashqari, al-Javhariy «Negizlar» kitobini isloh qilish» («Islah likitab al-Usul») asarining ham muallifidir.Mazkur asar bizgacha yetib kelmagan bo‘lsa-da, uning mazmuni haqidagi to‘liq ma’lumotlar XIIIasrda yashagan qomu-siy olim Nasiriddin Tusiyning «Parallel chiziqlar haqidagi shubhalarnidavolash» («ar-Risola ash-shafiyya an shakk fi-l-xutut al-mutavaziyya») risolasida bayon etiladi. Al-Javhariy o‘zining bu kitobida Yevklidning «Negizlar» asaridagi V postulatni isbotlashga harakatqiladi.Ma’lumki, «Negizlar» asarining bu qismida parallel chiziqlar haqida mulohazalar yuritiladi. Bu mavzuustida bosh qotirgan al-Javhariy burchak ichida joylashgan har qanday nuqtadan burchakning ikkitarafini birlashtiruvchi chiziq chizish mumkin, degan xulosaga keladi. Muallif qo‘llagan parallelchiziqlar nazariyasi shunisi bilan ahamiyatliki, undan 1800 yili fransiyalik geometriyashunos olimA.M.Lejandr V postulatni isbotlashda foydalangan. Al- Javhariyning yuqorida sanab o‘tilganasarlaridan tashqari yana ikki asar yozganligidan dalolat beruvchi qo‘lyozmalar saqlangan. Ulardanbirinchisi, «Yevklidning «Negizlar» asarining beshinchi kitobiga qo‘shimchalar» («Ziyadat fi-l-maqalaal-hamisa min kitab Uqlidis») nomi bilan atalib, u hozirda Amerika, Turkiya, Eron, Tunis vaЩindiston kutubxonalarida mavjud. Ikkinchi, «quyoshning yer markazidan uzoqligini aniqlash»(«Risola fi ma’rifat bu’d ash-shams an-markaz al-ard») risolasi yagona nusxada Bayrutda saqlanmoqda. Biografiya 0 1 2 3 4 5 Жалоба 4 0 22-02-2024, 06:40