SAN’AT DЕVONOV haqida

O‘ZBЕKISTON XALQ ARTISTI

(1932)

Teatr va kino aktyori San’at Devonov Xorazm viloyatining Xonqa tumanida tug‘ilgan. 1973 yilda Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutining aktyorlik fakultetini tugatgan. 1946 yildan boshlab, Xorazm viloyatining Ogahiy nomi¬dagi musiqali drama va komediya tearida aktyor bo‘lib ishlagan. 1988— 1992 yillarda Hamza nomidagi O‘zbek Davlat (hozirgi O‘zbek Milliy akademik drama) teatrining direktori bo‘lgan. San’at Devonov Ogahiy nomidagi muzikali drama va komediya teatrida aktyor sifatida faoliyat ko‘rsatib, yuzdan ortiq spektakllarda rollar ijro etib, yorqin obrazlar yaratdi. U yaratgan Hamlet (Shekspir, «Hamlet»), Alisher Navoiy (Uyg‘un, I.Sulton, «Alisher Navoiy»), Neznamov (A.Ostrovskiy, «Aybsiz aybdorlar»), Asqar (U.Hojibekov, «Arshin mol olan»), Tohir (S.Abdulla, «Tohir va Zuhra») kabi ob¬razlar tomoshabinlar olqishiga, mehru muhabbatiga sazovor bo‘ldi. San’at Devonov 1954 yildan boshlab kinoda ham qatnashib, o‘nlab puxta obrazlar yaratdi. San’at Devonov «Qutlug‘ qon» (1956) filmidagi Yo‘lchi, «Maftuningman»(1958) dagi Sharif obrazlari bilan respublikamiz madaniy jamoatchiligiga yaqindan tanildi, nazarga tushdi. So‘ngra birin-ketin «Amirlikning yemirilishi»da Sherali, «Qizil qumlar»da (1969) Juma, «Senga intilaman»da (1972) Jo‘rayev, «Olovli sohil»da (1974) Hasanboy, «Uzoq va yaqin yillar»da 1976) Rizayev kabi obrazlarni yaratib, kino san’atida ham o‘z o‘rnini topdi. Shuningdek, u Dovjenko kinostudiyasida suratta olin¬gan «Yulduzli chiroqlar» (1971) filmida Abdug‘ani, «Tojikfilm» kinostudiyasida yaratilgan «Kurashchilar» (1972) filmida Salim, Bolgariyaning «Ralli» filmida sut sog‘uvchi obrazlarini ham yorqin gavdalantirdi. San’at Devonovning o‘zbek teatr vakino san’atidagi xizmatlari munosib taqdirlandi. Unga «O‘zbekiston xalq artisti» faxriy unvoni berildi. 2001 yilda esa «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlandi.