Navruz Jumaev haqida, oilasi, instagram, rasmlari

Navruz Jumaev haqida, oilasi, instagram, rasmlari

OʼZBEK MILLIY АKАDEMIK DRАMА TEАTRI АKTYoRI

Navroʼz Jumaevga 1987 yilda Namangan viloyatida tavallud topgan. 2006 yilda «Oʼzbekiston Davlat sanʼat instituti”ning drama va kino aktyori boʼlimiga oʼqishga qabul qilindi. Oʼqish jarayonida Shon Okeysining «Tun”da (Jonjo), А.P.Chexovning «Jon achchigʼi”da (N.Ivanovich), «Yubiley”da (K.N.Xiring), «Toʼy”da (General Revenov Karaulov) obrazlarini ijro etgan. Mukofotlanmagan. 2009 yilda Oʼzbek Milliy akademik drama teatrida yakka tartibda chaqiriluvchi aktyori, 2013 yilda esa Oʼzbek Milliy akademik drama teatri aktyori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu teatrda sanasida N.Аbbosxonning «Oʼzbekcha raqs” spektaklida Shaxobjon, U.Ismoilovning «Rustam”da Baxshi, X.Rasulning «Tili asalim”da Oshiq yigit, А.Rahmatovning «Qumda sevgi jilolari”da Yigit, S.Sirojiddinovning «Yaralangan oqqush nolasi”da Doktor, А.Qodiriyning «Oʼtkan kunlar”da Raxmat, А.Tolstoyning «Oltin kalitcha”da Duremar, kabi rollarni ijro etib kelmoqda. Navroʼz Djumaev Oʼzbekiston Milliy teleradio kopmaniyasida ham faoliyat koʼrsatib kelmoqda. Rejissyor X.Nasimovning «Sardor-3” filьmida Katta leytenant Gʼoziev, O.Shamsning «Qadamlar”ida Joʼravoy, T.Musoqovning «Bekatdagi odamlar”ida Doktor, Z.Musoqovning «Navda”sida Kamol kabi kinodagi rollarni ijro etgan. Navroʼz Djumaev Davlat bayramlarida hamda respublikamiz boʼylab oʼtkaziladigan koʼplab madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar va gastrolь safarlarining doimiy ishtirokchisi. Juda madaniyatli yigit.