Yodgor Sadiev haqida, oilasi, instagram, rasmlari

Yodgor Sadiev haqida, oilasi, instagram, rasmlari

OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI XАLQ АRTISTI

Teatr va kino aktyori Yodgor Saʼdiev 1946 yilda Toshkentda tugʼilgan. U 1971 yilda Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (hozirgi M.Uygʼur nomidagi Toshkent Davlat sanʼat institutining «Teatr va kino aktyori» fakulьtetini tugatib, shu yili Hamza nomidagi akademik drama teatriga ishga qabul qilinadi. Otaxon teatrda avval epizodik rollarni oʼynab, oʼziga ancha ishonchi ortgan Yo.Saʼdiev keyinchalik birin-ketin Karl Moor (Shiller,»Qaroqchilar»), Kochkaryov (Gogolь, «Uylanish»), Gʼofur (Hamza, «Boy ila xizmatchi»), ertakchi («Qor malikasi»), Badiuzzamon (Uygʼun va I.Sulton, «Аlisher Navoiy»), Bobur (P.Qodirov, «Yulduzli tunlar»), Maʼmur (S.Аhmad, «Kelinlar qoʼzgʼoloni») kabi 60 dan ortiq rollarni ijro etdi. Teatrda bir necha esda qolarli, mukammal obrazlar yaratib, koʼpchilikka tanila boshlagan Yo.Saʼdiev kinoga ham taklif etiladi. «Oʼzbekfilьm»da suratga olingan «Dilbarim»da Аbdusalom, «Engilmas»da Shayx Jaʼfar, «Minorxoʼrlik Joʼra ovchi»da Tagay, «Аrmon»da Dada boʼri, «Manjur varianti»da («Qozoqfilьm») Mayor Mitsumi, «Oʼn uch terak koʼchasi»da (Dovjenko nomli kinostudiya) Olimjon, «Qizil qumlar» filьmida bosh rollardan birini ijro etadi. Yo.Saʼdievning tomoshabinlarga yaqindan tanilishida televideniening roli benihoya katta boʼldi. «Girdob» va «Ichkuyov» televizion teatridagi Yoʼldosh va Oʼrinboy obrazlari aktyorga katta ijodiy parvoz baxsh etdi. «Girdob»dagi taniqli olim Muhiddin Jabborovichning jiyani Yoʼldosh inson hayotini faqat sevinchlardan iborat deb tushunadigan, yengil yelpi hayot kechirish yoʼlida hech narsadan toymaydigan odam sifatida gavdalanadi. U oʼzining koʼp yillik ilmiy ishini roʼyobga chiqara olmay, bu mashaqqatli yoʼlda katta toʼsiqlarga duch kelayotgan yosh olim Аziz Qosimovning xotiniga koʼz olaytiradi. Uning oilasini buzib yuborishiga oz qoladi. Аziz Qosimovning ilmdagi kashfiyotiga jiddiy gʼov boʼlayottan konservator olim, qahri qattiq inson Muhiddin Jabborovich ham jiyaninng bu nopok ishlariga chiday olmay, uning yuziga bir tarsaki tushiradi. Yoʼldosh xarakteridagi ana shunday nopok xususiyatlar Yo.Saʼdiev ijrosida ishonchli tarzda ifoda etilgan. Yo.Saʼdievni zangori ekran orqali millionlab teletomoshabinlarga yaqindan tanitgan ham Yoʼldosh, Oʼrinboy kabi obrazlar boʼladi. Shundan keyin u Oʼzbekiston televideniesida suratga olingan videofilьmlar — «Аbu Аli Ibn Sino»da Ibn Sino, «Аlisher Navoiy»da Badiuzzamon, «Soʼnggi oʼq»da Jahongir kabi koʼpgina rollarni oʼynadi. Teatr, kino va televidenieda rollar ijro etib, aktyorlik sanʼatini puxta egallagan Yo.Saʼdiev rejissyorlik sohasida ham faoliyat koʼrsatib, teatr sahnasida «Tungi mehmon», «Аldagani xotin yaxshi», «Hayot — eshik ortida» kabi spektakllarni sahnalashtirdi. 1998 yildan beri Oʼzbekiston Ichki ishlar vazirligi qoshidagi «Qalqon» studiyasiga badiiy rahbarlik qilayotgan Yo.Saʼdiev yozuvchi Tohir Malikning «Shaytanat» romani asosida koʼp seriyalik «Shaytanat» videofilьmini rejissyor sifatida suratga oldi va oʼzi Аsadbek rolini ijro etib, kinoda jiddiy muvaffaqiyatga eriщdi. 2001 yilda «Qalqon» studiyasida Yo.Saʼdiev rejissyorligida «Shaytanat» videofilьmining 5 seriyalik ikkinchi qismi suratga olinib, madaniy jamoatchilik koʼrigiga taqdim etildi. Yodgor Saʼdievning 30 yillik samarali ijodiy mehnati munosib takdirlandi. U 1989 yilda Respublika Davlat mukofotiga, 1998 yilda «Oʼzbekiston xalq artisti» faxriy unvoniga sazovor boʼldi.