Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan artist Lola Eltaeva Suyunovnaga 1972 yilda Toshkent shahrida tugʼilgan. Milliy teatrda 1994 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 2006 yili «Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. U teatr ijodiy ishlarida juda tez aralashib keta olgan iqtidorli aktyorlaridan biri hisoblanadi. Elьtaeva teatr sahnasida 60 dan ziyod obrazlar yaratdi. U teatrda sahnalashtirilgan «Kuloyim”da Kuloyim, «Muhabbat sultoni”da Layli,”Ufq yoʼllari”da Zebi, «Chimildiq”da singlisi, «Jinoyat ustida ushlansin”da Suyungul, «Soxibqiron Temur”da Kanizak, «Boshi qotgan oshiqlar”da Yulduz, «Piri Koinot”da Zuxal, «Аdibning Umri”da Zarifa Saidnosirova, «Hasrat bogʼi”da Jamila, «Makr va Muxabbat”da Luiza, «Rashk”da Maryam, «Oltin qiz”da Dilbar, «Tun albatta oʼtadi”da Mariya Rozariya, «Jaxon Otin Uvaysiy”da Quyoshxon, «Bevalar”da Qumri, «Bor ekanda, yoʼq ekan”da Malika, «Oʼzbekcha raqs”da Mariya Ponamaryova, «Tong otgan taraflar”da Tongyorugʼ rollarini meʼyoriga yetkazib ijro etdi. Tomoshabinlarning va xamkasblarining olqishlariga sazovor boʼldi. L.Elьtaeva teatrdagi ijodiy faoliyati bilan bir qatorda 45 ga yaqin kino va video filьmlarlarda rang-barang rollarni mahorat bilan ijro etdi. Jumladan, «Oʼtkan kunlar”, «Voiz”, «Dilxiroj», «Domla», «Quyosh botmaydigan yurt», «Jaxolat alangasi» , «Burch» , «Аkbarning sarguzashtlari», «Qoraqalpogʼistonlik chiptasiz quyon”, «Fazli” «Qor qoʼlidagi lola”, «Koʼzalring maʼyus”, «Chashma”, «Muzaffar», «Zumrad va Qimmat», «Sevgi farishtasi», «Koʼzlaring maʼyus», «Oʼtkan kunlar», «Kelgindi kuyov», «Gap», «Xayvonot bogʼi”, «Gap”, «Guvoh» , «Erkak», «Jazo», «Аrosat”, «Baxt uyi”, «Tubanlik”, «Аbadiyat charxi”, «Soʼnggi laxza”, Xaqiqat kuni”, «Parizod”, «Unutma meni”, «Onaginam orzusi”, «Tundan tongacha”, «Oling quda, bering quda”, «Soʼngi qoʼngʼiroq”, «Quduq”, «Xonadon egasi”, «Qora quzgʼun” va boshqa turli obrazlar yaratdi. Lola Elьtaeva 1998 yilda «Oʼtkan kunlar» filьmi uchun Oʼzbek kinofilьmlar festivalida «Eng yaxshi ayol obrazi» diplominiga sazovor boʼldi. L.Elьtaeva 2006 yilda Frantsiyaning Vezulь shaxrida Osiyo mamlakatlari kinofestivalida bosh sovrin Gran prini qoʼlga kiritdi. L.Elьtaeva oʼzbek milliy sanʼatiga koʼshgan xissasi hamda teatr va filьmlaridagi oʼzbekona ayol obrazi uchun 2013 yil «Sharq ayoli” mukofotiga sozovor boʼldi. Lola Elьtaeva dublyaj sohasida ham 200 ga yaqin filьmga hamda bir nechta teleseriallarga ovoz bergan. U doim ijodiy izlanishda. Kamtarin, samimiy inson. Nihoyatda isteʼdodli aktrisa.