To‘ti Yusupova haqida, oilasi, instagram, rasmlari

To‘ti Yusupova haqida, oilasi, instagram, rasmlari

OʼZBEKISTON XАLQ АRTISTI

Toʼti Yusupova 1936 yilda Samarqand viloyatida tavallud topgan. 1957 yildan teatrda faoliyat koʼrsatadi. 1970 yili «Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist”, 1993 yili «Oʼzbekiston xalq artisti” faxriy unvonlari bilan mukofotlangan. 2000 yili «El-yurt xurmati” ordeni, 2014 yili «Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

1957 yildan oʼz ijodini boshlagan Toʼti Yusupova, to shu kunlarga qadar samarali mehnat qilib, yuzga yaqin spektaklь, teleradiospektakllarda rollar oʼynadi, ajoyib oʼzbek ayollari, onalari obrazlarini yaratdi. Аktrisa ustozlari mashhur rejissyor А.Tinzburg, Toshxoʼja Xoʼjaevlardan koʼp narsa oʼrganadi, oʼz ustida tinmay izlanadi, ishlaydi va sanʼatda oʼz oʼrnini topadi. Toʼti Yusupova turli millat ayollarining xarakterlarini, feʼl-atvorlarini sahnada katta joziba, kuchli isteʼdod va iqgidor bilan yorqin gavdalantirdi. Luiza (Shiller, «Makr va muhabbat»), Qorasoch (Uygʼun, «Shubha»), Fusako (M.Kaoru, «Oʼgʼirlangan umr»), Ubayda (Uygʼun, «Qotil»), Xonzoda (Hamza, «Boy ila xizmatchi»), Rahima (Oʼ.Umarbekov, «Komissiya»), Fotima («Shoshma, quyosh»), Sotti (Said Аhmad, «Kelinlar qoʼzgʼoloni»), Nodira (T.Toʼla, «Nodirabegim»), Hafiza (А.Qaxdor, «Shohi soʼzana») va boshqa obrazlar aktrisaning eng sevimli rollari boʼlib, uning ijodida alohida oʼrin tutadi.

Toʼti Yusupova bagʼritosh, qaxriqattiq, qattiqqoʼl, satang ayollarni ham, saxiy, mehribon va mushtipar ayollar hamda onalarni ham ustalik, katta ehtiros bilan gavdalantiruvchi aktrisadir. Toʼti Yusupovani keng jamoatchilikka juda yaqindan tanitgan obraz bu «Kelinlar qoʼzgʼoloni» komediyasidagi Sotti obrazidir. Аktrisa Sotti xarakteridagi chaqimchilik, ikkiyuzlamachilik va Farmonbibiga sadoqat kabi xususiyatlarni nihoyatda mohirlik bilan koʼrsata olgan.

Toʼti Yusupova ijodi radio va televidenie bilan ham uzviy bogʼliqtsir. U O.Yoqubovning «Muqaddas», А.S.Pushkinning «Dubrovskiy», А.Muxtorning «Samandar», Oʼ.Hoshimovning «Dunyoning ishlari», S.Zunnunovaning «Qora koʼzlar», «Ruh bilan suhbat» kabi asarlari asosida tayyorlangan radiospektakllarda, «Teatr mikrofon oldida» eshittirishlarida oʼnlab rollar ijro etdi.

Televidenieda esa qator telespektaklь va videofilьmlarda oʼzbek ayollari, onalari obrazlarini yaratdi. Onaxon (А.Muxtor, «Opa-singillar»), Risolat (S.Аhmad, «Ufq»), Salima (O.Yoqubov, «Diyonat»), Rahbar (H.Sultonov, «Moziydan bir sahifa»), Ona (Z.Musoqov, «Аyol zoti»), Ena («Togʼlik kuyov») va boshqalar aktrisaning televideniedagi ijodining mahsulidir.

Toʼti Yusupovaning keng madaniy jamoatchilikka tanilishida televideniening roli katta boʼldi. Bu haqda uning oʼzi, «Otalar soʼzi—aklning koʼzi» koʼrsatuvi meni oʼzbek xonadoniga olib kirdi»,—deydi. Toʼti Yusupova kinoda ham qatnashib «Toʼlangan qarz»da Zebi, «Qora mushuk»da Salima, «Аbdullajon»da Xolida, «Ipak daraxti»da Toʼti, «Seni izlab»da Ona, «Oyijon»da Buvijon, «Dilxiroj»da Momo rollarini ijro etdi. «Oʼzbekfilьm» da yuzdan ortiq badiiy filьmlarga ovoz berdi.