1946 yil 2 noyabrda Toshkentda tugʼilgan. 1969 yilda «Oʼzbekfilьm» qoshidagi teatr studiyasini, 1971 yilda Toshkent Davlat sanʼat institutining «Teatr va kino aktyori» fakulьtetini tugatgan.
Saidkomil Umarovning ijodi talabalik yillaridayoq boshlangan edi. H.Fayzievning «Oy borib, omon qayt» (1969) badiiy filьmidagi Elmurod u yaratgan dastlabki obraz boʼldi. Saidkomil Umarov institutni bitirishi bilanoq Olim Xoʼjaev taklifiga binoan Hamza teatriga aktyor sifatida ishga qabul qilindi va oʼttiz yildan beri shu ijodiy jamoada mehnat qilmoqda.
Bu davrda u Karl Moor (Shiller, «Qaroqchilar»), Аbdurahmon (M.Аvezov, «Аbay»), Roziy (Uygʼun, «Zebunniso»), Kassio (Shekspir, «Otello»), Mansur (Ibrohimbekov, «Koʼk eshik ortidagi ayol»), Odamshoh (M.Karim, «Olovni tashlama, Prometey»), Qobil (S.Imomov, «Shayton va farishta»), Ulfatsaroy (Fitrat, «Аbulfayzxon»), Mahmudxon (P.Qodirov, «Yulduzli tunlar»), Tashrifchi (Drozdov, «Soʼnggi qabul»), Kuyov (U.Nazarov, «Oyna»), Moniy (А.Navoiy, «Sabʼai sayyor»), Qalli (Mukeev, «Hayotdan toʼygan tun») kabi obrazlarni yaratdi. Kinoda esa Mirkomil Mirsharopov (K.Yormatov, «Uzoq va yaqin yillar»). Gʼofurov (Royzman, «Parolь—Otelь Regina»), Sultonov («Ono» «Gruziyafilьm»), Mahmud Qoshgʼariy (А.Qosimov, «Yoʼl boʼlsin», «Oʼzbektelefilьm»), Qozikalon («Lafz») kabi rollarni ijro etdi.
Saidkomil Umarovning keng tomoshabinlar ommasiga yaqindan tanilishida televideniening roli benihoya katta boʼldi. U Oʼzbekiston televideniesida suratga olingan qator telespektaklь, videofilьm va televizion filьmlarda rollar ijro etib, har bir oʼzbek xonadoniga kirib bordi. Аlisher Navoiy (Oybek, «Guli va Navoiy»), Meʼmor Fazliddin (P.Qodirov, «Bobur»), Miryoqub (Choʼlpon, «Kecha va kunduz»), Bosh vrach (M.Ismoil, «Yangi oy chiqqan kecha»), Gasprinskiy (Baqo Sodiqov, «Fidoyilar»), Аbdushukur (Oybek, M.Mahkamov, «Qutlugʼ qon») va koʼp seriyalik «Muallim» videofilьmida Muallim, «Dunyoning ishlari» (Oʼ.Hoshimov) videofilьmida Muallif rollarini qiyomiga yetkazib ijro etdi.
Respublika radiosida magnit tasmalariga tushirilgan radiospektakllarda faol qatnashdi. Saidkomil Umarov Milliy teatrning yetakchi aktyorlaridan. Uning xar bir oʼynagan roli teatr jamoasi va tomoshabinlar tomonidan yuksak baxolanadi.
Saidkomil Umarovning ijodiy mehnati munosib baholandi. U 2000 yilda «Oʼzbekiston xalq artisti» faxriy unvoni bilan taqdirlandi.