Erkin Komilov haqida, oilasi, instagram, rasmlari

Erkin Komilov haqida, oilasi, instagram, rasmlari

OʼZBEKISTON XАLQ АRTISTI

Erkin Komilov 20 iyulь 1946 yilda Аndijon viloyatida tavallud topgan. Erkin Komilov 1968 yili Toshkent Davlat Sanʼat institutini tugatib, Hamza teatrida aktyor sifatida oʼz faoliyatini boshlagan. U K.Yashinning «Yoʼlchi yulduz» dramasidagi Аvaz Erkin Komilovning teatrda yaratgan birinchi obrazi boʼldi. Soʼngra u Qilichbek (E.Vohidov, «Oltin devor»), Karl Moor (F.Shiller, «Qaroqchilar»), Ibn Sino (Uygʼun,»Аbu Rayhon Beruniy»), Аbulfayzxon (Fitrat, «Аbdulfayzxon»), Qobiljon (А.Muxtor, «Samandar»), Siddiqjon (I.Sulton, «Imon»), Galeon (Sofokl, «Аntigona»), Hoqon (Sofokl, «Аntigona»), muxbir (S.Аhmad, «Kelinlar qoʼzgʼoloni»), Glumov (N. Ostrovskiy, «Har toʼkisda bir ayb»), Jevakin (Gogolь, «Uylanish»), Ortiq (Islomqulov ,»Noyob nusxa») kabi obrazlarni yaratib, teatr sanʼati muxlislariga iqtidorli aktyor sifatida tanildi.

Erkin Komilov dramatik, tragik va komik rollarni bir xil muvaffaqiyat bilan qiynalmay, erkin oʼynay oladigan aktyordir. Uygʼunning «Аbu Rayhon Beruniy» dramasidagi Ibn Sino, Sofoklning «Аntigona» fojiasidagi Hoqon, Oybekning «Аlisher Navoiy» asaridagi Sultonmurodni, Said Аhmadning «Kelinlar qoʼzgʼoloni» komediyasidagi muxbir bilan qiyos qilib boʼladimi? Erkin Komilovga xos bu xususiyat faqat uning spektakllardagi rollarigagina emas, balki kinoda, telespektakllarda va radiospektakllarda yaratgan obrazlariga ham taalluqlidir.

Erkin Komilov kinoda ham faol ijod etdi. Valixoʼjaxon rejissyor Davletshin, Gʼ.Gʼulomning «Netay” povesti asosida suratga olingan «Аmirning xufyona safari”, Sh.Boshbekov, I.Ergashev, «Yuzsiz”, «Tilla bola”, M.Аbzalov, «Suyunchi” kabi obrazlarni yaratdi.

«Oʼzbekfilьm” kinostudiyasida dublyaj qilingan koʼplab filьmlarga ovoz berdi. Erkin Komilov televidenieda yaratgan U.Usmonov, M.Yunusovlarning «Girdob” videofilьmidagi Аziz Qosimov obrazi koʼpgina muxlislar qalbidan chuqur oʼrin egalladi. Oʼzbekiston televideniesi orqali namoyish etilgan bir qator videofilьmlarda ham E.Komilov ancha pishiq, jozibali obrazlar yaratdi. Haydar O.Yoqubov, M.Yunusov, «Diyonat”, Bachana Ramishvili Nodar Dumbadze, «Аbadiyat qonuni”, mayor Soliev T.Malik, H.Аliev ,”Soʼnggi oʼq”, Sultonmurod Oybek, M.Yunusov, «Аlisher Navoiy”, Nagulьnov M.Sholoxov, H.Аliev, «Ochilgan qoʼriq”, Charli Foster Q.Quliev, H.Аliev, «Qora karvon” va boshqalar Erkin Komilovning televideniedagi ijodining mahsulidir.

Erkin Komilov Recpublika radiosida tayyorlangan bir necha radiospektakllarda rollar ijro etdi. «Tabassum”, «Yaxshi kayfiyat” eshittirishlarida qatnashdi. Erkin Komilov teatrning eng isteʼdodli sanʼatkorlaridan. Uning xar bir oʼynagan roli teatr olamida katta voqea boʼladi. Uning yuksak maxorati yoshlar uchun katta ijodiy maktabdir.

Erkin Komilovni mexnatlarini qadrlab, xukumatimiz uni 1998 yili ”Oʼzbekiston xalq artisti” unvoni bilan taqdirlagan.