Yoshligidan matematik bo`lishni orzu qilgan Ahad, kutilmaganda so`z sehrining maftuniga aylanadi. «Garchi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida (TATU) matematika hamda fizika yo`nalishi bo`yicha tahsil olgan bo`lsamda, ijod olamidagi ilk odimimni aktyorlik orzusida boshlaganman» deydi ijodkor. Ammo kino sinovlardagi ketma-ket omadsizlik uning qalbida umidsizlik uyg`ota boshladi va u qo’liga qalam tutib, o`zini ijodning boshqa bir yo`nalishi — she`riyatda sinab ko`rishga qaror qildi. «Mening taqdirim, omadim, haqiqiy baxtim she`rga bog`langanidan benihoya xursandman» deydi u.
Uning she`rlari shu darajada tez mashhur bo`lib ketdiki, bunga ko`pchilik shubha ko`zi bilan qaray boshladi. Har bir she`ri taqdirining unga tayyorlab qo`ygan imtixonida toblanib o`quvchilari tomon yo`l oldi. Faqatgina ota-onam, ustozlarimning duolari va ishonchi, shuningdek muxlislarimning mehru-muhabbati meni ijod maydonida saqlab qoldi» deydi shoir.
Ahad Qayum haqida