Sportchilar biografiyasi rukunida siz boks afsonasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Sidney Olimpiadasida Muhammadqodir biri-biridan qiyin «jang»larda raqiblari ustidan g‘alaba qozondi va yozgi Olimpiya o‘yinlarining birinchi chempioni sifatida uning nomi Mustaqil O‘zbekistonimizning sport tarixiga zarhal harflar bilan yozildi.
1973 yilning 15 noyabrida Andijon viloyatida tug‘ilgan. Boks bo‘yicha Osiyo va jahon chempioni, Osiyo va Olimpiya o‘yinlari g‘olibi. «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sportchi», «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvonlari, «El-yurt xurmati» ordeni hamda «Shuxrat» medali bilan taqdirlangan. 1999 va 2000 yillarda mamlakatimizda «Yilning eng yaxshi sportchisi» deb topilgan.
Muhammadqodir 13 yoshidan boshlab boks bilan shug‘ullangan. 1990-1991 yillarda o‘smirlar o‘rtasida mamlakat birinchiliklari g‘olibi bo‘lgan.
Andijondagi olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurtida avval Lochinbek Qo‘chqorov, so‘ngra taniqli murabbiylar Mars Qo‘chqorov va Aleksandr Razmaxov rahbarligida o‘z mahoratini oshirgan.
Muhammadqodir Abdullayev