Gulchehra Eshonqulova 1981 yil 20 iyunda Tojikistonning Dushanbe shahrida tavallud topgan.U oilda to’ng’ich farzand bo’lib,uning bir singlisi va bir ukasi bor.
Aktrisaning yoshligi Shahrisabz shahrida o’tgan.
U maktabni tamomlagach Toshkent shahriga keladi va yoshlikdan qiziqqan boshlovchilik sohasida o’qish uchun Toshkent san’at oliygohiga kirishga harakat qilib ko’radi.lekin u ba’zi bir sabablarga ko’ra imtihonlar tugamasdan uyiga qaytib ketadi.
Kelasi yil esa Gulchehra ayni shu oliygohning aktyorlik yo’nalishiga o’qishga kiradi va shu sohada tahsil oladi.
Chulchehra Eshonqulova oliygohni tamomlagach birin ketin turli filmlarda ishtirok eta boshlaydi.
U aktrisa sifatida xalqimizga «Fotima va Zuhra» «Shabnam» va «Panoh» kabi filmlardagi obrazlari orqali tanilgan.
U faoliyati davomida hozirgacha o’nlab filmlarda ishtirok etgan.Shuningdek Gulchehra teatrda ham bir necha yil ishlagan va o’nga yaqin spektakllarda qatnashgan.
Bundan tashqari u yoshligida orzu qilgan suhandonlik sohasida ham Ro’zg’or maktabi va Kinomaniya kabi ko’rsatuvlarda boshlovchilik qilgan.
Uning shaxsiy hayoti haqida: Gulchehra Eshonqulova 2015 yilda Sharof ismli yigitga turmushga chiqqan.Hozirgi kunda ularning bir o’g’il va vir qiz farzandlari bor.
Yana bir ma’lumot: Uning turmush o’rtog’i Sharof Sharopov 1994 yilda Samarqandda tug’ilgan bo’lib,asl kasbi sartarosh.
Gulchexra Eshonqulova Biografiyasi