Sogdiana haqida, oilasi, instagram, rasmlari

Sogdiananing to’liq va haqiqiy ismi Oksana Nechitaylo bo’lib,u 1984 yil 17 fevral kuni Toshkent shahrida tavallud topgan.

Uning otasi injiner onasi esa shifokor bo’lishgan.

 

U yoshligidan musiqa maktabida o’qigan.Maktabda u fortepiana chalish bo’yicha tahsil olgan.

Sogdiana o’zining xonandalik faoliyatini 1999 yilda boshlagan.Shu yili u «Sado» nomli xonandalar o’rtasidagi ko’rik tanlovda ishtirok etgan. 

U o’zining birinchi audioalbomini 2001 yilda chiqargan.Bu albom «Mening Ko’nglim» deb nomlangan.

Sogdiana Biografiyasi | Согдиана Биографияси
 

Sogdiana muxlislarga «Yurak maxzun»,»Mening Shahzodam»,»Ovvora bo’lma» va «Netay» nomli taronalari bilan tanilgan.

U o’zbek tomoshabinlariga nafaqat xonanda balki aktrisa sifatida ham tanish bo’lib,u «So’g’diyona» va «Nasriddinning yangi sarguzashtlari» nomli filmlarda rollar ijro etgan.

U xonanda sifatida 2003 yilda Nihol nomidagi davlat mukofotini qo’lga kiritgan.

 

Sogdiana 2006 yildan Rossiyada ham tanila boshlagan.Ayni shu tili u Yulduzlar fabrikasi nomli shouda ishtirok etgan.

Shu tanlovdagi ishtirokidan keyin u Rossiyada ko’plab muxlislar ortirgan.

 

U Rossiyadagi faoliyati davomida bir necha bor o’sha mashxur Oltin Gramafon sovrinin qo’lga kiritgan.

Hozirgacha Sogdiana 20 oshiq qo’shiq va 5 ta musiqiy albom chiqargan.

U xonanda sifatida 2003 yilda Nihol nomidagi davlat mukofotini qo’lga kiritgan.

Bundan tashqari u hu kungacha o’nlab tanlovlarda  qatnashgan va ko’plab nufuzli mukofotlarga ega bo’lgan.

 

Shuningdek Sogdiana «Ingushetiyada xizmat ko’rsatgan artist» va «Chechiniston xalq artisti» kabi unvonlarga ham ega.

 

Xonandaning shahxsiy hayoti haqida: Sogdiana 2008 yilda Ram Govind ismli hindistonlik biznesmenga turmushga chiqqan va ular bir o’gilli bo’lishgan.Lekin oradan hech qancha vaqt o’tmay ular ajrashgan.

Keyinroq u Bashir Kushtov ismli rus millioneri bilan turmush qurgan.Afsuski bu turmushi bilan ham uzoq yashamagan.

Sogdiananig bu turmushidan ham bir og’il farzandi bor.bundan keyin u boshqa turmush qurmagan,  hozirda Arjun va Mikoyil ismli o’g’illari bilan bir yashaydi.

 

 

Bugungi kunda 34 yoshdagi Sogdiana farzandlari bilan Rossiyada istiqomat qiladi.