Nigora Karimboyeva haqida, oilasi, instagram, rasmlari

Nigora Karimboyeva 1979 yil 11 fevral sanasida Toshkent shahrida o’qituvchilar oilasida tavallud topgan.

Aktrisa oilasida to’ng’ich farzand bo’lib, uning ikki singlisi bor.

Nigora Karimboyeva yoshligida teleboshlovchi bo’lishni orzu qilgan va shu sabab san’at oliygohiga kirmoqchi bo’lgan lekin uning otasi bunga qarshilik qilgan.Shunday bo’lsada u qiziqishi sabab oliygohga yashirincha hujjat topshirgan va yuqori ball bilan o’qishga kirgan.

U Toshkent teatr va rassomchilik san’ati oliygohining drama va kino aktyorligi bo’limida tahsil olgan.

 

Aktrisa o’z faoliyatini rejissyor Mark Vayl tashkil etgan «Ilhom» nomidagi teatr studiyasida boshlagan.

Nigora Karimboyeva kinodagi ilk rolini 1999-yilda rejissyor Yolqin To’ychiyevning «Fevral» nomli filmida ijro etgan.

Tomoshabinlar esa ushbu aktrisani «Sardor» serialidagi Zamira obrazi bilan tanishgan.

Ushbu aktrisa o’z faoliyati davomida o’nlab spektakl va yigirmaga yaqin filmlarda ishtirok etgan.

 

Nigora Karimboyeva aktrisalikdan tashqari yoshlikda orzusi Teleboshlovchilik sohasida ishlaydi.U 2004 yildan beri shu sohada faoliyat yuritadi.Dastlab u Sport telekanalida keyinchalik esa O’zbekiston telekanalida teleboshlovchi sifatida ishlagan.

Bulardan tashqari aktrisa bir necha yillardan beri  O’zbekiston davlat san’at va madaniyat oliygohida o’qituvchisi sifatida talabalarga «sahna nutqi» bo’yicha dars berib keladi.

 

Aktrisani shaxsiy hayoti: Nigora Karimboyeva Jafarbek ismli bir o’g’li bor, hozirda u 18 yoshda.Bugungi kunda aktrisa oilasi bilan Toshkent shahrida istiqomat qiladi. 

Nigora Karimboyeva haqida, oilasi, instagram, rasmlari
nigora karimboyeva
 

Nigora Karimboyeva aktrisalik faoliyati orqali 2018 yilda «Do’stlik ordeni» bilan mukofotlangan.

Bugungi kunda aktrisa 40 yoshda bo’lib, o’z faoliyatini «Ilhom» nomidagi teatr studiyasida davom ettirib kelmoqda.