Dilorom Egamberdiyeva haqida, oilasi, instagram, rasmlari

Dilorom Egamberdiyeva 1962 yil 25 oktyabr sanasida Farg’ona viloyatida tug’ilgan.

 

Ushbu aktrisa maktabda o’qib yurgan vaqtda Moskvadagi ButunRossiya kinomatagrafiya oliygohida o’qish uchun iste’dodli yoshlar orasidan tanlab olingan.O’sha vaqtda u 9-sinf o’quvchisi bo’lgan. Aktrisa ushbu oliygohda Boris Chirkovning aktyorlik kurslarida tahsil olgan va 1983 yilda o’qishni tamomlagan.

 

Dilorom Egamberdiyeva o’z faoliyatini «O’zbekfilm» kinostudiyasida boshlagan. Aktrisa ilk bor «Oltin jun» deb nomlangan filmda «Zuhra» rolini ijro etgan. Keyinroq u «Kelinlar qo’zg’oloni» filmidagi «Nigora» hamda «Temir Xotin» kinokomediyasidagi «Temir Xotin» rollari bilan xalqqa tanilgan va aynan shu obrazlari orqali mashxur bo’lgan.

Dilorom Egambediyeva  bugungacha, «Chol va Nabira», «Gulchatay» hamda «Baron» kabi o’nlab bizga tanish filmlarda suratga tushgan.

Ushbu aktrisa o’z faoliyati orqali 1995 yilda «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist» unvoni bilan mukofotlangan.

 

Aktrisaning shaxsiy hayoti haqida:  Dilorom Egamberdiyeva 1990 yilda turmushga chiqqan va bir qiz farzandli bo’lgan.

Taqdir taqazosi bilan uning turmush o’rtog’i erta olamdan o’tgan, shundan keyin u boshqa turmush qurmagan.Aktirsa yolg’iz qizini turmushga  bergan hozirda jiyani bilan birga yashaydi.

Dilorom Egamberdiyeva Biografiyasi
 

Dilorom Egamberdiyeva bugungi kunda 56 yoshda bo’lib, hozir ham o’zining aktrisalik faoliyati muvaffaqiyatli davom ettirib kelmoqda.