Diloram Qambarova 1957 yil 27 aprel sanasida Farg’ona viloyatining Marg’ilon shahrida shifokorlar oilasida tug’ilgan.
U 15 yoshida taniqli rejissyor Ali Hamroyevni e’tiboriga tushgan va ilk marta ushbu rejissyor tomonidan suratga olingan «Qo’rquv bilmas» hamda «Yettinchi o’q» nomli filmlarda ishtirok etgan.
Aktrisa 1982 yilda Butunittifoq davlat kinomotagrafiya oliygohini tamomlagan. Dilorom Qambarova O’zbektelefilm kinostudiyasidagi faoliyati davomida, bizga tanish.. «Yigirmanchi asr qaroqchilari», «Olovli yo’llar», «To’ylar muborak» hamda «Temir Xotin» kabi 20 oshiq filmlarda suratga tushgan.
Aktrisa 1985 yilda «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist» unvoni bilan taqdirlangan.
Dilorom Qambarova aktrisa sifatida so’nggi marta 1993 yilda «Sharif va Marif» filmida ishtirok etgan. Keyinchalik u oilasi bilan Aqshga ko’chib ketgan. Aqshga ko’chib borgach Sietl shahrida yashagan va o’sha yerdagi model agentligida ishlagan.
Aktrisaning shaxsiy hayoti haqida: Dilorom Qambarova taniqli ukrainalik rejissyor Vladimir Xotinenko bilan oila qurgan. Keyinroq ular ajrashgan va aktrisa boshqa bir insonga turmushga chiqqan. Ushbu ikki turmushidan uning bittadan Palina va Zarina ismli ikki qiz farzandi bor.
Bugungi kunda 62 yoshda bo’lgan Dilorom Qambarova oilasi bilan Aqshda istiqomat qiladi.
Dilorom Qambarova — Biografiyasi