Alisher Fayz haqida, oilasi, instagram, rasmlari

Alisher Fayz (Turdiyev Alisher Bahodirovich) 1984-yil 27-yanvarda Namangan viloyati, Chortoq shahrida tavallud topgan.

— 1994-2001 yillar davomida “Glier” nomidagi musiqa maktabida dutor bas mutahassisligi bo’yicha taxsil olgan.

— Ozodbek Nazarbekov ijodiga bo’lgan qiziqish Alisherni bo’lajak ustozi yoniga yetaklab kelgan.

— 2001-2005 yillarda O’zbekiston Davlat konservatoriyasida o’qish bilan bir qatorda ustozi ko’magida mustaqil ijod qila boshladi.

— Alisherni ilk bor 2005-yil 15-16 may kunlari ustozi Ozodbek Nazarbekov Yuragimda kuylaganim sen” deb nomlangan koncert dasturida katta sahnaga olib chiqdi va shu dasturda u o’zining “Meni kechir” nomli taronasini ijro etgan.

— 2007-yilda «Ko’ngil istab…» nomli ilk qo’shiqlar to’plamini Alisher Fayz taxallusi bilan muxlislarga taqdim etdi.

— 2008-yil 21-22 may kunlari «Istiqlol» san’at saroyida «Umidim sendan…» nomli ilk yakkaxon konsert dasturi muxlislar olqishiga sazovor bo’ldi.

— 2009-yilda «Nigohingga ol», 2010-yilda «Senga talpinib», 2011-yilda «Yaxshiyam siz bor», 2012-yilda «Sening bolangman!» nomli yakkaxon konsert dasturlarini muxlislarga taqdim etdi.

— Alisher Fayz ikki farzandning otasi. O’g’li Xolidbek va qizi Zinnuraxon.

— «Hayot – kichkina ko’rpachaga o’xshaydi, bir tomonini tortsang boshqa tomoni ochiladi…» deydi hayot to’g’risida.

— 2012 yil 27 avgust kuni Alisher FAYZ O’zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni bilan O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist unvoni ila taqdirlandi.

Xonandalikdan tashqari iste’dodi: she’r yozadi, bastakor;

Xobbisi: futbol to’plarini yig’ish;

Yoqtirgan taomi: palovxonto’ra;

Yoqtirgan rangi: barcha ranglar. Ajniqsa, oq va qizi;

Sahnadagi odati: hayajonlanganidan qo’li bilan oyog’ini urib turadi;

Shiori: «Ish boshqa, hayot boshqa».



alisher fayz oilasi