Kaniza haqida, oilasi, instagram, rasmlari

Kaniza (Ahmedova Shahrizoda Farhodovna) 28-aprelda Farg’ona viloyati Qo’qon shahrida ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. Millati o’zbek, ma’lumoti o’rta mahsus. Ayni damda O’zbekiston Davlat Konsertvatoriyasi Estrada fakultetining 2 bosqich talabasi hisbolanadi.

Xonandaning oilasi katta: ota-onasi, akasi, ikkita opasi hamda ota-onasining erka va kenja farzand Shahrizoda (Kaniza).

Shahrizoda 1992-yilda Qo’qon shahridagi 21-o’rta maktabining 1-sinfiga o’qishga borib, 2001-yilda shu maktabning 9-sinfini tamomlagan.

2001-yilda Toshkent shahridagi «Benkov» nomidagi O’zbekiston Respublikasi rassomchilik kollejining Milliy liboslar dizayni fakultetiga o’qishga kirib, 2004-yilda modelyer-dizayner diplomini qo’lga kiritdi.

O’qishni tugatgach musiqaga qiziqishni boshlagan va 2006-yildan buyon yakkaxon tarzda o’z ijodini boshlagan. Bobosi — O’zbekiston xalq artisti Murodjon Ahmedovni turmush o’rtog’i, ya’ni buvisi Kanizaxonni ismlarini o’ziga tahallus qilib olgan.

Kaniza — tojikcha ism bo’lib, jasur, dovyurak, shaddod qiz ma’nosini anglatadi.

2007-yildan buyon O’zbekiston Yoshlar ijodiyot uyining boshlang’ich guruh rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.

2009-yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Yosh iste’dodlar uchun ta’sis etilgan «Nihol» mukofoti bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari o’zini aktrisa sifati sinab, «Sehrli uzuk» musiqiy filmida Farangiz ismli qizni rolini ijro etgan.

Kaniza (Ahmedova Shahrizoda Farhodovna)