Yoqutjon Rajabov haqida, oilasi, instagram, rasmlari

Yoqutjon Rajabov 1973-yil 27-sentabr kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tavallud topdi. U Chirchiqdagi G’.G’ulom nomidagi 21-o’rta maktabda tahsil oldi, 2-sinfdan esa Xamza nomidagi musiqa maktabining chang asbobi bo’yicha tahsil oladi. 1988-yil Toshkent shahridagi Xamza nomli musiqa bilim yurtining xalq cholg’u asboblari yo’nalishida tahsil oldi. 1992-yilda esa majburiy harbiy hizmatga boradi. Yoqutjon Rajapov maktabda o’qib yurgan vaqtlarida maktab, tuman va shahar miqyosida o’tkaziladigan tadbirlarda oily o’rinlarni egallab kelgan. 1995-yil Yoqutjon Rajapov Toshkent Chegarachilar Oliy Harbiy bilim yurtiga o’qishga kirib 1999-yil shu oliygohni tamomlaydi. Shu yillar orasida (1998-2002 yillar) M.Uyg’ur nomidagi Madaniyat institutining puflama sozlar fakultetida tahsil oldi. Ilk ijodini esa u 1996-yil «Azizam» qo’shig’i bilan boshladi. Bu qo’shiqning so’zi hamda musiqasini xonandaning o’z ijodidandir. Xit taronalari esa «Kuz yomg’iri», «Sevgilim», «Taqdir» va «Ota yetim bo’larkan» qo’shiqlaridir. Xozirgi kunda Yoqutjon Rajapov 70ga yaqin qo’shiqlarini, 10dan ortiq kliplarini va 3ta albomlarini o’z muhlislariga hadya etdi. Xonanda shoirlardan Ibrohim Umarov, Ibrohim Jiyanov, Halima Axmedova va shoir-bastakor Dilshod Axmad-Shox, bastakorlardan esa Aziz Xolmurodov, Shamsiddin Xolmurod, Uchqun Sharipov va Axmadjon Xojimatovlar bilan birgalikda ijod qiladi.

YOQUTJON RAJABOV