Zulayho Boyxonova haqida, oilasi, instagram, rasmlari

Zulayho Boyxonova 1963-yil 28-aprel kuni Namangan viloyatida tavallud topdi. 1980-yil maktabni tugatib 1981-yil Mannon Uyg-ur nomidagi Toshkent Davlat San-at institutining musiqali drama fakultetini tamomladi. 1986-yil oliygohni bitirib, «Muqimiy» nomidagi musiqa va drama teatriga ishga kiradi. Teatrda u juda ko’p spektakllarda bosh rollarni ijro etdi. Teatr san’atidagi hizmatlari va takrorlanmas qo’shiqlari uchun 1996-yil Zulayho Boyxonovaga O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan artist unvoniga sazovor bo’ldi. 2003-yil esa O’zbekiston Xalq artisti mukofotiga ega bo’ldi. 2005-yilda Zulayho Boyxonova Madaniyat va sport vazirligi tomonidan «Sahnamiz farishtasi» nomi bilan taqdirlandi. Undan tashqari xonanda bir qancha davlatlarga gastrol konsert safarlariga ham borgan. AQSh, Fransiya, Belgiya, Polsha, Germaniya, Pokiston, Hindiston, Xitoy, Turkiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Misr, Saudiya Arabistoni. Xozirgi kunda xonanda ustozi Abduxoshim Ismoilov boshchiligida «Ofarin» ansamblining xonandasi bo’lib ishlaydi.


Zulayho Boyxonova