Ohunjonov Sobir Sobirovich
Tavallud topgan sana:
10 oktabr 1919 yil
Vafot etgan sana:
13 aprel 2012 yil
Tug'ilgan joy:Toshkent
Yo'nalishlar: Qahramonlar
Tarjimai hol
Sobir Sobirovich Ohunjonovich — sovet, o‘zbek harbiysi, Sovet Armiyasi general-leytenanti, Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi, O‘zSSRda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zSSRda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi.
1940-yil V.I.Lenin nomidagi Toshkent Qizil nishon harbiy bilim yurtini, 1955-yil M.V.Frunze nomidagi harbiy akademiyani, 1966-yil Farg‘ona davlat pedagogika institutini (sirtdan) tamomlagan.
Farg‘ona va Toshkent viloyati, Boysun tumani hamda Toshkent shahar Xalq deputatligi kengashiga deputatlikka saylangan, shuningdek, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari, Toshkent shahar va Bosun tumani O‘zbekiston Kompartiyasi tuman qo‘mitasiga a’zolikka saylangan.
BMH harbiy tashkilotlari Koordinatsion Sovet Soyuzi a’zosi bo‘lgan (Moskva shahri).
Ulug‘ Vatan Urushi yillari xizmat qilgan.
Ulug‘ Vatan urushi armiyasining frontida 1941-yil 3-sentarbdan xizmatda bo‘lgan. Urush davridagi janglarda ikki karra yaralangan va miya chayqalishini orttirgan.
40-armiyaning alohida otryadiga kiruvchi 1-o‘qchi polk tarkibida leytenant lavozimida xizmat o‘tashni boshlagan — 1941-yil avgustdan avtomobil askariy bo‘linmasi qo‘mondoni etib saylangan, keyinroq pulemyot kursantlik askariy bo‘linmasi qo‘mondoni bo‘lgan.
1941-yilning sentarbr o‘rtalarida Kiyev mudofaasi vaqtida yengil jarohatlanadi va harbiy dala shifoxonasiga yuboriladi. Ayni shu yilning dekabridan 1942-yil yanvarigacha Xarkov piyoda askarlar bilim yurti kursantlariga qo‘mondonlik qilgan, O‘rta Osiyo harbiy okrugi (O‘zSSR Namangan shahri) — katta leytenant unvonini olgan.
1942-yil yanvar oyidan O‘zSSR Farg‘ona shahrida shakllangan 94-alohida o‘qchi qo‘shilmasida avtomatchilarning alohida bo‘linmasiga boshchilik qilgan. 1942-yil avtgustidan harbiy qo‘shilma Moskva mudofaasi uchun Babushkino shahriga yuboriladi va Moskva mudofaa chegarasining 3-gvardiya armiyasi tarkibidan joy oladi. S.S.Ohunjonov kapitan lavozimini olib, shtab qo‘shilmasining 1-bo‘limida boshliq yordmachisi etib saylanadi.
1942-yil oktyabrida 94-alohida qo‘shilma Stalingrad frontining 21-armiya tarkibiga qo‘shiladi va Stalingrad shahri mudofaasi uchun qonli janglarda qatnashadi. 1942-yil noyabrida mazkur qo‘shilma tarkibida S.S.Ohunjonov Serafimovich shahrida Don daryosi uchun Paulyusa boshchiligidagi nemis-fashist askarlar guruhi bo‘limish dushman hujumiga qarshi mudofaada qatnashadi. Harbiy qo‘shilma jangda katta yo‘qotishlar qiladi va 1943 yilning yanvar oyi oxirlarida tarqalib ketadi.
1943-yil yanvar oyidan avgust oyigacha kapitan S.S.Ohunjonov Janubiy-G‘arbiy front tarkibida 3-gvardiya armiyasi o‘qchi shtab boshqaruvida komendant bo‘lib xizmat qiladi va Morozovsk-Salivanovsk, Ilino, Pervomaysk stanitsalari hamda Glubokiy, Kamensk, Voroshilovgrad, Lisichansk shaharlarini ozod etish janglarida qatnashgan.
1943-yil avgustdan 1944-yil aprelgacha kapitan S.S.Ohunjonov 3-gvardiya armiyasining shtab bo‘limi tezkor bo‘linmasida boshliq yordamchisi bo‘lib xizmat qiladi. Jangda u Donbass, Gorlovka, Artyomovsk, Konstantinovsk, Slavyansk, Kramatorsk, Krasnoarmeysklarni ozod etish uchun qatnashgan.
1943-yilning oktabrida harbiy harakatlar vaqtida ko‘rsatgan jasorati va mardonavorligi uchun kapitan S. S. Ohunjonov Qizil Mehnat nishoni ordeni bilan mukofotlangan.
1945-yilning martida jangovor vazifalarni namunaviy bajarganligi, shu bilan birga, ko‘rsatgan qahramonlik va mardonavorliklari uchun gvarliya mayori S.S.Ohunjonov Qizil Mehnat nishoni ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 18—22-yanvar topshirig‘ini bajarishda ko‘rsatgan mardonavorlik va jasorati uchun Hukumat mukofotiga loyiq topilgan — Qizil Mehnat nishoni.
1945-yilning iyunida mayor S.S.Ohunjonov Hukumat urushining I-darajali ordeni bilan mukofotlangan.
Mukofotlari
7 ta davlat ordenlari va SSSRning 18 dan ortiq medali, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Mo‘g‘uliston Xalq Respublikasi va Chexoslovakiya Sotsialistik Respublikasining 10 medali bilan taqdirlandi.
U Ulug‘ Vatan urushi davrida oliy darajali Bosh qo‘mondonining 20 karra minnatdorchiligiga ega bo‘lgan. U O‘zSSR Oliy Kengashi Rayosatining 10 ta diplomiga sazovor bo‘lgan.
General-leytenant S.S.Ohunjonovning ismi O‘zbekiston xotira kitobiga kiritilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari davlat muzeyida saqlanadi. Generalning namoyish kiyimi va ordenlari mazkur muzey ekspozitsiyasining bir qismi hisoblanadi.
Kitoblari
S.S.Ohunjonov tomonidan chop etilgan kitoblar:
1. Tabiiy ofatlarga qarshi kurash — umumxalq ishi (Toshkent, 1978).
2. O‘zbek SSRining fuqaro muhofazasiga — 50 yil (Toshkent, 1982).
3. Fuqaro muhofazasi tizimida sanitariya yordami bo‘limi (Toshkent, 1982).
4. O‘zbekistonning hozirgi bosqichida fuqaro muhofazasi (Toshkent, 1983).
5. Sovet xalqining 1941—1945-yillardagi Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alabasining jahon-tarixiy ahamiyati. (Toshkent, 1985).