Murod Muhammad Do‘st
Tavallud topgan sana:
1948 yil
Tug'ilgan joy:Samarqand
Yo'nalishlar: Yozuvchilar
Tarjimai hol
Murod Muhammad Do‘st iste’dodli adib. Murod Muhammad Do‘stning qissalari talabchan kitobxon va tanqidiy adabiyotshunoslar e’tiborini qozongan. Uning ijodi 70-yillardan boshlangan. Murod Muhammad Do‘st 1990 yil “Hamza” mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Iste’dodli adib Murod Muhammad Do‘st 1948 yili Samarqandning Jom qishlog‘ida tug‘ilgan.
Toshkent Davlat universitetini tugatgach, Moskvadagi Adabiyot institutida tahsil olgan.
So‘ngra “O‘zbekfilm” kinostudiyasida, “Sharq yulduzi” oynomasida, O‘zbekiston Milliy axborot agentligida, “O‘zbekkino” Davlat aksiyadorlik kompaniyasida faoliyat yuritgan.
Ijodiy faoliyati 70-yillarda boshlangan. Yozuvchining ilk to‘plami 1976 yili “Qaydasan, quvonch sadosi?” nomi ostida nashr etilgan.
Shoirning “Mustafo”, “Iste’fo”, “Dashtu dalalarda”, “Chollardan biri”, “Bir toychoqning kuni” kabi hikoya va asarlari chop etilgan.
1983 yil “Galatepaga qaytish” nomli hikoyasini yozgan. Shundan so‘ng u turg‘unlik davrining ma’naviy, iqtisodiy va siyosiy tanazzulidan hikoya qiluvchi “Lolazor” (1988) romanini yaratadi.
“Galatepaga qaytish” nomli qissasi talabchan kitobxon va tanqidchi adabiyotshunoslarning alohida e’tiborini qozondi.
2000 yildan O‘zbekiston Axborot agentligi bosh direktori. 2002-2005 yillar “O‘zbekkino” DAK raisi.
Bir vaqtning o‘zida, 1999-2004 yillar Samarqand viloyati, Nurobod okrugidan Oliy Majlis deputati.
2005 yil apreldan Prezident Apparati maslahatchisi.