Butun dunyo tarixidagi eng boy inson

#Abdurahmon_ibnAvf (1-qism)


Butun dunyo tarixidagi eng boy inson/eng boy sahoba kim ekanligini bilasizmi?


Ushbu inson sahoba Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu hisoblanadi. Abdurahmon ibn Avf (taxminan (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Abdurahmon_ibn_Avf) 579-654) -sahoba; makkalik ilk (Xadichadan keyin) sakkiz musulmonning beshinchisi. Jannatga kirishi aniq boʻlgan 10 kishidan bittasi.


Abdurahmon ibn Avf dunyo tarixidagi eng boy inson hisoblanadi (https://islamreigns.wordpress.com/2019/09/22/abdur-rahman-ibn-auf-radhiyallahu-anhus-business-strategy/amp/). U inson Islom dinini birinchilardan boʻlib qabul qilgan zotdir. Abdurahmon ibn Avf 72 yoshida vafot etgan (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Abdurahmon_ibn_Avf).


Oʻlimdan oldin uning boyligi 3 milliard 103 million dinorni tashkil qilgan. Agar bu boylikni AQSh dollarida hisoblasak, ushbu boylik 606 milliard 636 million 500 ming dollarni tashkil qiladi (https://islamreigns.wordpress.com/2019/09/22/abdur-rahman-ibn-auf-radhiyallahu-anhus-business-strategy/) va sahoba Abdurahmon ibn Avfni dunyo tarixidagi eng boy insonga aylantiradi.


Abdurahmon ibn Avf ning ustozi paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam boʻlgan (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Abdurahmon_ibn_Avf). Abdurahmon ibn Avf boyligini savdo-sotiq orqali orttirgan ekan.


• Bu haqda keyingi xabarlarimizda batafsil maʼlumot beramiz!