Muhammadali Eshonqulov haqida

#Muhammadali_Eshonqulov


Siz yuqorida koʻrib turgan inson hozirgi kunda oʻzining biznes murabbiylik faoliyati bilan mashhurlika erishgan, 15 yoshida universitet talabasi boʻlgan oʻzbek oʻgʻloni Muhammadali Eshonqulov hisoblanadi.


Muhammadali Eshonqulov — 1994-yilning 6-noyabrida Oʻzbekistonning Jizzax viloyati Baxmal tumanida ziyoli oilasida tavallud topgan (https://youtu.be/WFTtGlFL52M).


Tabbasum ham bir ehson, deya taʼkidlovchi ajoyib biznes murabbiy 5 yoshida maktabda tahsil olishni boshlagan. 15 yoshida esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasiga aylangan (https://youtu.be/WFTtGlFL52M). Qahramonimiz faoliyati davomida 10 mingdan ziyod shogird chiqarishga ham ulgurgan.


Hozirda u xalqaro toifadagi iqtisodchi, Avstriyaning “IMC Krems” va Oʻzbekistonning Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetlarida oʻqituvchi. Bundan tashqari u Patronlar ligasi klubi asoschilaridan biri va Biznes kvadrat loyihasi muallifi hisoblanadi (https://youtu.be/WFTtGlFL52M).


💬Muhammadali Eshonqulov haqida bilarmidingiz?


Batafsil

👉@mashhurlar_com