Yusupov Muhammadjon haqida

Muhammad_Yusuf


Ha, siz oʻsha mashhur va kamtar shoir Muhammad Yusuf ni koʻrib turibsiz. Bu insonni taʼriflashga hojat yoʻq. Shoirni zamonaviy sheʼriyati sultoni desak, adashmagan boʻlamiz!


Yusupov Muhammadjon 1954-yilning 26-aprelida Andijon viloyatining Marhamat tumanida dehqon oilasida tugʻilgan. U Yusuf ota va Enaxon ayalarning ikki oʻgʻil, uch qiz farzandlari ichida erka dilbandi boʻlib ulgʻaygan (https://tafakkur.net/muhammad-yusuf.haqida).


U ijodi davomida koʻplab sheʼrlar yozgan. Uning koʻplab sheʼrlari qoʻshiqlarga va vatan madhiga aylantirilgan. «Vatanim» va «Lolaqizgʻaldoq» sheʼrlarini yodlamagan yoki eshitmagan inson boʻlmasa kerak!


Bugun, buyuk shoir Muhammad Yusufning tavallud topgan kuni. Shoir 67 yoshga toʻlgan boʻlardi. Muhammad Yusuf bir ayolning va toʻrt farzandning otasi hisoblanar edi. Uning uch qiz va bir oʻgʻil farzandlari bor. Ammo oʻgʻli Sherzod 27 yoshida vafot etgan (https://daryo.uz/2017/04/27/muhammad-yusufning-qizi-madina-yusupova-dadam-eng-yaqin-sirdoshimiz-edilar/).