Rovan Sibastian Atkinson haqida

Rovan_Atkinson


Ha, siz uni tanidingiz. Oʻsha mashhur Janob Bin — gapirmasdan hammaning yuziga tabassum ulashuvchi qahramon. Ya’ni, ushbu rol ijrochisi Rovan Atkinsonni siz yuqorida koʻrib turibsiz.


Rovan Sibastian Atkinson «CBE» — aktyor, komediyachi va yozuvchi 1955-yilning 6-yanvarida Buyuk Britaniyaning Konsett shahrida tugʻilgan. «Janob Bin» obrazi Rovan Atkinsonning oʻzi va Richard Kurtis tomonidan oʻylab topilgan.


Oilasida 4 farzand boʻlib, Rovan eng kichik farzand. Otasi Erik Atkinson fermer boʻlgan. Atkinson oʻz faoliyatini BBC da boshlagan (https://en.m.wikipedia.org/wiki/Rowan_Atkinson). Uning boyligi hozirda 150 million AQSh dollarini tashkil qilmoqda (https://www.celebritynetworth.com/richest-celebrities/richest-comedians/rowan-atkinson-net-worth/).


Rovan Atkinson 66 yoshda. U bir ayolning umr yoʻldoshi va uch farzandning otasi hisoblanadi. Uning ikki qiz va bir oʻgʻil farzandlari bor.


💬 «Jony English» yoki «Mr. Bean»? Qaysi biri sizga yoqadi?