Mumtoz Mahal
Mumtoz Mahal 1593 yilda dunyoga keldi. U Jahongir shojning rafiqasi Nur Jahonning akasi hamda saltanat vaziri Abdul Xasan Asaf Xonning qizi bo’lib, tug’ilganida unga Arjumand Bonu Begim, deb ism qo’yilgan. Naql qilishlaricha, shahzoda Xurram Arjumand Bonuni ko’rib, unga mahliyo bo’lib qoladi. U bu qizni shunchalik sevib qoladiki, unga uylanishga qaror qiladi. Asl millati arman bo’lgan bu qiz Jahongir shohning atrofidagi vazirlardan birining qizi va rafiqasining jiyani edi, ya’ni kelib chiqishi ham oqbilaklardan edi. Shuning uchun bu juftlikning nikohiga hech kim to’sqinlik qilmadi. Aksincha, bunday ittifoq taxt vorisining pozitsiyasini mustahkamlar edi, biroq shunga qaramay, ular sevishib turmush qurdilar. Fotiha to’yi 1607 yilda Arjumand Bonu 14 yoshligida bo’lib o’tgan bo’lsada, ba’zi sabablarga ko’ra nikoh to’yi 5 yilga qoldirildi va ular 1612 yilda turmush qurdilar.