Qanday qilib issiqxona qurish

Issiqxona — noqulay iqlim sharoitida ekinlarga sunʼiy muhit (harorat, yorugʻlik, namlik va b.) yaratadigan inshoot. Asosan, mavsumdan tashqari davrlarda mahsulot yetishtirish, issiqxona va ochiq dala uchun koʻchatlar oʻstirishga xizmat qiladi. I. oynaband yoki polimer plyonka, stekloplast va h. k. bilan oʻralgan boʻladi. Yogʻoch yoki temir, poʻlat, alyuminiy kabi metall us-kunalardan tiklanadi. I. larning xil-maxil turlari mavjud. Ular foidalanish muddatlari va davomliligiga qarab — qishki hamda bahorgi; vazifasiga koʻra — koʻchat oʻstiriladigan va sabzavot yetishtiriladigan; sabzavotlarni oʻstirish texnologiyasiga qarab — tuproqli va gidropon; ichki jihozlarga qarab — soʻkchakli va tuproqli turlarga boʻlinadi. Konstruktiv yechimi jihatdan I. lar nur oʻtkazuvchi nishab tomonlari miqdorita qarab, bir, ikki va koʻp tomonlama nishabli turlarga boʻlinadi. Oʻzbekistonda, asosan, pomidor, bodring , rezavor ekinlar, sabzavot oʻsimliklari koʻchati, shuningdek, limon va manzarali oʻsimliklar I. da yetishtiriladi. Yozi qisqa boʻlgan oʻrta va shim. mintaqalarda I. da turli sabzavot va boshqa q. x. ekinlari yil boʻyi oʻstiriladi, hosil olinadi va oʻsimliklarning yangi nav hamda duragaylari yetishtirish va boshqa i. t. ishlari olib boriladi. Qishki I. lar yil boʻyi foydalanishga moʻljallangan boʻlib, ularda sabzavotlar bahorgi issiqxona, parniklar, ilitilgan yorlarla oʻstirish uchun koʻchatlar yetishtiriladi. U metall yoki temir-betondan ishlanadi. Bahorgi I. lar yengil kon-struksiyalardan sabzavotlar yerda oʻstiriladigan qilib quriladi. Biologik issiqlik yoki quyosh nuri bilan isitiladi. Quyosh nuridan mukammal foidalanish uchun bir nishabli I. tomi (qiyaligi 33—45°) jan. ga, ikki va koʻp ni-shablarniki esa (29—33°) sharq va gʻarbga qaratib quriladi. I. shakli jihatidan ham fonarsimon, angar, blokli, soʻkchakli kabi bir necha turlarga boʻlinadi. I. larda oʻsimlik tuproqda (geoponika), tuproqsiz (yoki gidropika) muqitda oʻstirilishi mumkin. Tuproqli I. larda sabzavotlar bevosita srda oʻstirilib, tuproq tagidan, biologik yoki texnikaviy usulda isitiladi yoki butunlay isitilmaydi. Oʻsimliklarga mexanizmlar yordamida ishlov berish va parvarishlash qulay.

Gidropon I. lar tuproq ishlatmay sabzavot yetishtirishga moʻljallangan. Ular issiqxona poliga oʻrnatilgan yoki 70—80 sm baland koʻtarilgan suv oʻtkazmas soʻkchaklar bilan jihozlanadi. Soʻkchaklar ichi neytral substrat (shagal, kum, keramzit va b), bilan toʻldiriladi. Avtomat qurilmalar yordamida soʻkchaklarga ozikli eritma yuborib turiladi, ushbu eritma oʻsimliklarning qulay oziqlanishi va suv ichishini taʼminlaydi. Bunday I. larda barcha jara-yonlar avtomatlashtirilgan.


Ustiga plyonka yopilgan kichik gabaritli, yengil yigʻma I. lar bahorda foidalanish uchun katta ahamiyatga ega. Havo tayanchli yoki puflama I. lar qurilishida plyonkalarning yengillik va egiluvchanlik xossalaridan toʻla foydalaniladi. Keyingi yillarda koʻpgina mamlakatlarda, asosan, blokli I. lar qurildi. Zamonaviy issiqxona xoʻjaliklari sanoat asosida kurilgan va yil boʻyi sabzavot yetishtiriladigan haqiqiy f-kalarga aylangan