Biznesda qarindoshlarni ishga olish to’g’rimi?

Biznesda qarindoshlarni ishga olish to’g’rimi?


– Ha oling, agar mutaxassis bo’lishsa. Bo’lmasa olmaganingiz ma’qul.


• Biznesda mutaxassis bo’lmagan qarindoshlarni ishga olish xuddiki Range Rover avtomashinasiga gaz o’rnatishdek gap. Biznesingiz «tortmaydi, tormozlashadi».


• Shunday katta biznesingizda qarindoshlarga silai-rahim qilaman deb, ertaga ko’chada choy tashib yurmang tag’in. Aytmoqchimizki, undan ko’ra ana shu qarindosh va do’stlaringizga sohasini professionali bo’lishi uchun investitsiya qiling va u mutaxassis bo’lib yetishgandan so’ng sizga ishlab qarzini uzadi.


P.s. Mashinangiz matiz bo’lsa ham benzinda yursin, Omin:) (Ko’chma ma’noda yozildi)